Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Web Services kompaniyasining xosting bo’yicha xizmatlari uchun o’z vaqtida 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
to’lov qila olamaganligi bo’lgan. Chunki xuddi shu sababli kompaniya 
foydalanuvchilarning 400 million fotosini yo’qotib qo’ygan. 
Foydalanilayotgan informatsion tizimlarning ishonchli emasligi - bunda 
gap texnik muammolar, shaxsiy ma’lumotlarni yo’qotish, firibgarlar xujumiga 
uchrash, xakerlar xujumi va shunga o’xshash sabablar xaqida ketadi.
Katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatish uchun B2B segmentini tanlash – 
kompaniya nima bilan shug’ullanishidan qat’i-nazar, agar u 70-80% foyda 
keltiradigan katta kompaniyaga bog’liq bolsa, qandaydir vaqtda katta mijozning 
o’zi xuddi shunday servisga ega bo’lish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 
Masalan, Aviation kompaniyasi General Electric, Honeywell, Boeing va boshqa 
katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. Lekin on-layn 
bozorda katta tarmoq kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan elektron savdo 
maydonlari paydo bo‘lganidan so’ng, kompaniya inqirozga uchradi. Chunki bu 
ishni aiakompaniyalarning sadvo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan 
Aerospan va Trade Air elektron savdo maydonlari bajara boshladi.
Kompaniya asoschilari, direktorlar kengashi va yetakchi menejerlar orasida 
kelishmovchiliklarning yuzaga chiqishi, kompaniya uchun muhim bo’lgan eng 
asosiy shaxslarning biznesni tark etishi, kompniyaning bir qancha sabablarga 
ko’ra bo‘laklarga ajrab ketishi va boshqalar. 
Faoliyat olib borilayotgan bozorning aloxida hususiyatlari ham biznesning 
rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, firibgarlar va 
tovlamachilarning kopligi, logistikaning talab darajasida emasligi, malakali 
kadrlarning yetishmasligi, injener-texnik xodimlar kamchilligi va boshqalar. 
Barcha startaplarning boshlang’ich g’oyaning yuzaga kelishi va tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bopsqichlarida bir xildagi muammo 
va masalalar hal qilinadi: G’oyalar bilan qanday qilib ishlash lozim, Qanday qilib 
komandani tanlash mumkin, O’z g’oyasini qanday qilib himoya qilinadi, Qanday 
qilib kompaniyani moliyalashtirish mumkin, Bu ishni qilish muvaffaqiyatga olib 
keladimi, Qachon investorga murojaat qilish kerak, Qanday qilib mahsulotni 
yaratish va uni mukammalashtirish mumkin, Bugungi kunda qanday yangi turdagi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
mahsulot va hizmatlarini iste’molchilarga taklif qilish mumkin? Bu masalalarni hal 
qilishda mahalliy va halqaro raqamli elektron bozorni har tomonlama o’rganishdan 
boshqa chora yo’q albatta. Bu esa internetdagi adabiyotlar, yangiliklar va 
manba’lar bilan muttasil ishlashni, o’rganishni hamda eng yangi mahsulot va 
xizmatlarni bevosita sinab ko’rishni talab qiladi. O’z mahalliy bozoringizdagi 
hozircha qondirilmagan talablarni har tomonlama o’rganish ham biror bir yangi 
innovatsion g’oyaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, innovatsion raqamli 
biznesning eng asosiy elementlari iste’molchilar uchun qandaydir yangi mahsulot 
yoki xizmat turini yaratish, uning ahamiyatini ko’rsatish, usabilityning oliy 
darajasiga erishish, mijozga yo’naltirlgan yondoshuv va individual talablarni 
maksimal darajada qondirishdir.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling