Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish, 
consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar 
yaratish;

Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq 
xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish 
yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish;

Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan 
yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida 
rivojlantirish;

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson 
transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-
mexanizmlar yaratish;

Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan 
ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq 
xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish;

Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq 
xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy 
boyliklarining samaradorligini ta’minlash;

Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi” 
texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish;

Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik 
infratuzilmasining samaradorligini oshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish 
uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq 
etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo 
masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect 
texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash 
uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini 
boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
(AR) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini 
tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti 
(internet of things – IoT) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq 
bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan 
Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu 
platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq, 
sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday 
raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan 
shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori 
tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun 
mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan, 
chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda 
kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor 
ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar 
to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq 
xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham 
kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma 
va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon 
standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori 
talablarni o’zida aks ettirishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi, 
qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga 
imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday 
tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida 
tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli 
amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi. 
Yangi 
qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish 
saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish 
texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon 
ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi
omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning 
qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar.
Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi 
zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi 
hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga 
sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning 
sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-o’qituvchilarning 
malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar 
bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni 
amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling