Ericsson, Nokia va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Bu
loyiha bo’yicha ijtimoiy ahamiyatli saytlarni ko’rib chiqish uchun kerakli bo’lgan
trafik bepul bo‘ladi. Facebook ning yana bir loyihasi uchuvchisiz apparatlar –
dronlar yordamida internet tarmoqlari yaratishdir. Bunga misol sifatida 2016 yil
iyulida ishga tushirilgan quyosh batareyalarida ishlaydigan uchuvchi qurilma
Aquila ni keltirish mumkin. Uning qanotlari uzunligi 42 metr, og’irligi esa 450 kG
bo’lib, 90 kun davomida parvozda bo‘lishi mumkin (. Bu loyiha amalga
oshirilganidan so’ng, Facebook borish qiyin bo’lgan xududlardagi barcha uylarda
internetning beto’tov ishlashini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Rivojlangan
mamlakatlarda mobil qurilmalar orqali internet va kontentning iste’moli miqdori
internetga boshqa qurilmalardan bo’lgan chiqishlardan ko’ra ancha ko’proqdir.
Bunga asosiy sabab, uyali aloqa operatorlari tomonidan mobil internet narxining
kamaytirilishi va smartfonlarning sotuvi ko’payishidir. Masalan, 2015 yil avgust
oyida jahondagi mobil qurilmalar soni dunyo bo’yicha yalpi aholi sonidan oshib
ketdi (we are social, avgust 2015). Internetga mobil qurilmalardan chiqishlar vaqti
ko’pchilik mamlakatlarda 50% dan ortib ketdi. Masalan, bu ko’rsatgich Kanadada
52% ni, Britaniyada 56% ni, AQSH da 61% ni tashkil qiladi (comScore, mart
2015). Forrester Research ning ma’lumotlariga ko’ra, 65% marketologlar mobil
marketingdan foydalanadilar, ulardan 45% qismi esa mobil elektron pochta
yordamida reklamani amalga oshiradilar (digital brending // brend management,
№1 (80), 2015, c.25).
Keyingi yillarda messenjerlar bozorining keskin rivojlanishi va komp’yuter
o’yinlarining ommaviylashuvi kuzatilayapti. Masalan, Pokemon Go o’yining tezlik
bilan ommaviylashuvi bunga bir yaqqol misol bo’la oladi. Facebook ning 2014 yil
4-choragidagi mobil reklamadan oladigan daromadi ijtimoiy saytdagi jami
reklamaning 69% ni, uning foydalanuvchilari soni esa bir milliarddan oshib ketdi.
tashkil qildi. Bundan tashqari Facebook avtomatik ravishda ko’rsatildigan 15
soniyali videorolikdan iborat bo’lgan mobil reklamaning yangi formatini taqdim
qildi (
http://rbcdaily.ru/media/562949991966597
). Hozirgi kunga kelib, Google,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Do'stlaringiz bilan baham: |