Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig 
eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish; 

Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida 
ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda 
ishlatish; 

Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar 
yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda 
mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish; 

Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari 
yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga 
eksport qilish;

Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli 
teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik 
mahsulotlari yetishtirish; 

Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat havfsizligini ichki 
va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini 
boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash;

Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni 
qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik 
ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi 
o’g’itlarning sarfini kamaytirish;

Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini 
aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq 
xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish;

Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash, 
sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan 
foydalanish;

Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining 
holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar – 
dronlardan foydalanish;

Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali 
sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq 
xo’jalik ishlariga jalb qilish;

Resbublika qishloq xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion 
texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish;

Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar 
va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga 
o’tish;

Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi 
ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish;

Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat 
boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan 
foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish;

Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari 
va uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini 
yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga 
yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka 
erishishga yordam beradi;

Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun 
ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish 
lozim;

Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish, 
saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga 
oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini 
yo’lga qo’yish;



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling