Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
-BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.0 Industriya texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik texnologik platformalarini, 3D
- 4.0 Industriya
14-BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 14.1. Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes- modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (peer-to-peer production), ommaviy hamkorlik (mass coollaboration), intellektual mulkka ommaviy egalik (public property), taqsimlangan iste’mol modellar (sharing economy) ochiq mejnat bozori (free lancing) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib bormoqda (Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari). Masalan, Rossiyada raqamli iqtisofiyot bozori (internet savdo, internet servislar, kontent, elektron to’lovlar) Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% ni tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriya texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha ta’riflash mumkin: 4.0 Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar, mashinalar, bulutlar va data-markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT), robototexnika va sensorika, virtual va qo’shimcha voqe’lik (VR va AR) larni kiritishimiz mumkin. Mobil internet davriga o’tish web-texnologiyalar rivojlanishidagi yangi bir bosqichlardan biri bo‘ldi. Buning natijasida 2008 yildan to 2016 yilgacha internet tarmog‘i foydalanuvchilari soni ikki martadan ko’proq ko’payib, jahon miqyosida 3,2 millardga yetdi. Mamlakatlarning barcha xududlarida internet tizimining ishlay olishiga erishish nafaqat davlat miqyosidagi masala bo’lib qoldi, balki bu yo’nalishda transmilliy korporatsiyalar ham faol shug’ullanmoqdalar. Masalan, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari uchun mo’ljallangan internet_org Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva mobil ilova yaratish loyihasi Facebook korporatsiyasi tomonidan Samsung, Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling