Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

ishlash markazlariga yetkazish bilan bog‘liq vabunda qimmatga tushadigan 
vositachilar istisno qilinadi); 
• foyda, natijaviylik va yoki unumdorlikni oshirish (ortiqcha resurslarni 
ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish); 
• samaradorlikni oshirish (kiritilgan nazorat reglamentlari va inson omilining 
ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar); 
• axloqiylik va havfsizlikni oshirish (shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, chunki 
ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi); 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
• tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (zaif jihatlarni bartaraf qilish, 
ishdan chiqishga chidamlilik); 
• energiya iste’moli pastligi (energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan 
yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish 
va teskari aloqa sirtmoqlari bilan qoplanadi); 
• shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (vositachilar 
blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin); 
• «cheksiz ma’lumotlar» to‘plash va tahlil qilish tufayli ularni yaxshilash 
imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish; 
• turli xildagi ham salbiy (noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq 
muammolar), ham ijobiy (qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid 
shablonlari) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash. 
Taqsimlangan ochiq biznes model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark 
etadigan yoki ishlab chiqaruvchi xonavayron bo‘ladigan bo‘lsa ham,buyumlar 
Interneti tarmoqlari o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlab turishi mumkin. Blokcheyn 
texnologiyasiistalgan shaxsga o‘zining rivojlanishi va gullab-yashnashiga 
yo’naltirilgan yo‘l xaritasini tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok 
etish uchun eng oddiy shartlar – uyali aloqa telefnoi va internetga ulanish 
imkoniyati 
yetarli 
boladi.Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, 
blokcheyn 
texnologiyasihar bir kishiga iqtisodiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lish imkonini 
beradigan biznes-modellar yaratishga imkon beradi.Blokcheyn kompaniya 
yaratishning uchta tarkibiy qismi bor – uni tashkil qilish, moliyalashtirish va uni 
bozorda ilgari surishni atvomatlashtirish, soddalashtirish va sezilarli darajada 
takomillashtirish. Kelejakda bunday kompaniyani tashkil qilish qiymati sezilarli 
darajada pasayadi, chunki blokcheyn – korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishning 
mashhur va ishonchli usuli hisoblanadi. Mulk hamma uchun ko‘rinarli, qaydlar 
yuritish esa oson, bu ayniqsa, qonunchilik bilan tartibga solish qiyin bo‘lgan 
sohalarda foydali bo’ladi. Ishonchli va o‘zgarmas registrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z 
korxonalarini va korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar 
zaxiralari va majburiyatlarini boshqarishi, shuningdek, uch karralik buxgalteriya 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
hisobi yoki blokcheyndagi boshqa ilovalar uchun dasturiy ta’minot yordamida 
boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlardan foyda olishi mumkin, bu esa auditorlar, 
soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. 
Smart-shartnomalar tufaylitadbirkor kompaniya faoliyatining ko‘plab jihatlarini 
avtomatlashtirishi mumkin, chunonchi: xaridlar, mehnatga haq to‘lash, kredit 
bo‘yicha foiz, real vaqt rejimida moliyaviy auditni amalga oshirish. Bizning 
fikrimizcha, yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi yordamida yakka tartibdagi 
tadbirkorlikning ikkita yangi biznes modeli yuzaga kelishi mumkin: 
- ortiqcha narsalarni dozalangan tarzda ijaraga olish va ijaraga berish. 
Blokcheyn texnologiyasi yordamidagi biznes model individual shaxslarga 
noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga imkon beradi. 
- ma’lumotlarni mikromonetarizatsiyalashtirish. Dekret ta’tilidagi ota-ona va 
kichkina bolalar yoki keksa ota-onaga qarash bilan band bo‘lgan boshqa oila 
a’zolari nihoyat o‘z uy mehnatini monetarizatsiyalashtirishi va ular har soat 
yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin.
- raqamli «aqliy hujum». Muammolar yoki qandaydir ehtiyojlarni aniqlash 
maqsadida real vaqt rejimida davlat amaldorlari va oddiy fuqarolarning biror bir 
masala yoki muammo haqidagi fikrlarini aniqlaydigan«bitta odam – bitta ovoz» 
ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin; 
- qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs-
munozaralar o’tkazilishi ham mumkin. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish, 
savollar berish, muammolarni muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun 
Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va 
hakamlar nufuzi haqidagi ma’lumotlarni va ularning tarjimai holini bilib olishga 
yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi; 
Blokcheyn texnologiyasihukumatningharajatlari hajmini ancha qisqartirishi 
mumkin, lekin buning uchun ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak bo’ladi. 
Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun ham 
texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki 
ulardan umuman voz kechish zarur. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling