Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qoidalarining tez-tez o’zgarib turishi anchagina salbiy holatlarga olib kelishi 
mumkinligini bojxona simulyatori deb nomlangan video o’yin yordamida tahlil 
qilib, tushuntirib berishga muvaffaq bo’lgan. 
Endi yangi raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi yaqin 
kelajakda maktablarni qanday darajada o’zgartirib yuborishi mumkinligini ko’rib 
chiqamiz. Kelajakda biror bir inson planshet sotib olib va unda sun’iy intellektli 
dasturini joylashtirib olgandan so’ng, o’zining o’qituvchisi bilan muloqot 
qilmasdan ham bilim olishi mumkin bo’ladi. 10-15 yiillardan so’ng, sun’iy 
intellect vositasida oliy ta’lim olish xuddi yozish va o’qishga o’xshab oddiy xol 
bo’lib qoladi. 2017 yilning noyabrida Mikrosoft kompaniyasi xitoy tilini o’rganish 
uchun mo’ljallangan mahsus dastur ishlab chiqdi. Unda o’quvchi chatda 
o’qituvchi-botning qisqacha so’zlardan iborat (audio va matnli ko’rinishdagi
ma’lumotlariga javob bergan xolda ta’lim oladi. Ammo Mikrosoftning ushbu 
raqamli o’qituvchisi navbatdagi oddiy chat-bot emas, balki undagi sun’iy intellect 
algoritmi foydalanuvchining javoblarini tahlil qilgan xolda uni o’qitish uchun 
kerakli bo’lgan imkoniyatlarni tanlaydi va shuning asosida ta’lim jarayonini 
amalga oshiradi. Real hamsuhbatni imitatsiya qilish uchun raqamli o’qituvchiga 
dastur interfeysi ham yordam beradi. U Osiyoda ommabop bo’lgan WeChat 
messenjeriga o’xshab ketadi. Shunday qilib, raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi ta’limni asta-sekinlik bilan o’zgartirib, bilim olish jarayonini 
soddalashtiradi. AQSH da turli xildagi servislar maktab o’quvchilariga uy 
vazivalarini tezroq bajarish imkonini yaratadilar. Bu tendentsiyalar tufayli oddiy 
o’quv qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalar va referatlarning aktualligi sekin-asta 
yo’qolib bormoqda. Chunki har bir o’quvchi kerakli ma’lumotlarni topish uchun 
googldan, vikipediyadan yoki elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyatiga 
ega. Hozirgi paytda raqamli elektron ko’rinishdagi informatsiya yetarli bo’libgina 
qolmay, balki keragidan ham ko’proqdir. Faqatgina talaba va o’quvchilar kerakli 
ma’lumotlarni qaerlardan olish mumkinligini bilsalar bas. Talabalaga ta’lim 
beruvchi o’qituvchilar, repetitorlar va masofaviy ta’lim pedagoglari yoshlarga 
bilim berish uchun elektron yordamchilardan keng miqyosda foydalanmoqdalar. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Masalan, Djordjiya universiteti o’qituvchisi Ashok Goel alohida o’quv kanalida 
talaba chat-boti uchun raqamli yordamchini ishga tushurgan. U Djil Uotson chat-
botiga talabalar uchun to’g’ri va insonga hos javob tanlash uchun forumlardan 40 
mingta ma’lumotni joylashtirdi. Bu algoritm talabalarga nafaqat uy vazifalarini 
bajarishga ko’mak beradi, balki smartfon yordamida darsdan tashqari 
mashg’ulotlar o’tkazishga ham imkon beradi. Xozirda Yotsonnikiga o’xshash 
botlar dunyodagi barcha yetakchi universitetlarga tadbiq qilinmoqda. Ulardan biri 
Oslodagi BI Norwegian Business School dir. Massachusets texnologiya instituti 
media laboratoriyasida ishlab chiqilgan Tega ismli robot o’quvchiga individual 
yondoshuv asosida ta’lim beradi. Ushbu ta’lim muassasasida talabalar ispan tilini 
Tega roboti bilan birgalikda planshet komp’yuterda o’yinlar vositasida 
o’rganishadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi sifatida emas, balki sinfdosh yoki 
kursdosh bilan birgalikda ta’lim olish ko’rinishida tashkil qilingan. Masofaviy 
ta’limning zamonaviy servislari ham yangi raqamli texnologiyalar vujudga kelishi 
bilan o’zgarib ketmoqda. Masalan, Duolingo servisi chet tillarni o’qitishda o’z 
botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va javobini tezlik bilan oladi. 
Ammo sun’iy intellektning tezlik bilan rivojlanishi chat-bot bilan va repetitor bilan 
bo’ladigan mashg’ulotlarni o’tmishda qoldirishi mumkin. Chet tillarni o’rganish 
uchun mo’ljallangan Parla dasturi ham sun’iy intellektga asoslangan raqamli 
o’qituvchi yaratishga bo’lgan katta bir qadam deyish mumkin. Undagi ta’lim 
texnologiyasi o’quvchining bilim darajasini tahlil qilgan xolda uning uchun 
individual ta’lim dasturini yaratadi va uni talabaga moslashtiradi. Bu tizimni ishlab 
chiqqanlarning fikricha, to’g’ri va xato savollarni, misol va masalalarning yechich 
tezligini, talabaning qiziqishini hisobga olgan xolda sun’iy intellect dasturi uning 
uchun o’qitishning individual yondoshuvini topa oladi. Parla va Mikrosoft kabi 
ta’lim dasturlari yaqin 5-10 yillar ichida mobil o’qituvchilar paydo bo’lishini 
anglatadi. Bu boradagi muammolarni o’rganish jarayonida bir savol tug’ladi: “Nega 
komp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb 
hisoblash mumkin?”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda 
aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning 
o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. PISA 
2009 o’tkazgan izlanishlardan ham ma’lum bo’ldiki, Braziliyada 35% va Meksikada 
70% oqituchilar sifatli ta’lim berish uchun yetarli bo’lgan malakaga ega emas ekanlar. 
Xindiston, Xitoy va Yaponiyada ham yuqori malakali o’qituvchilar soni unchalik ko’p 
emas. Bot.Me: A Revolutionary Partnership deb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov 
o’tkazilgan insonlarning 63% qismi sun’iy intellect bilan jihozlangan mashinalar 
insoniyatning ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar. 
An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim 
olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa 
talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak 
bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish 
darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika 
bo’yicha 
ta’limning 
online 
platformasi 
bo’lgan 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling