Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Group, Facebook, Google kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Alibaba 
Group o’z qidiruv tizimiga, ijtimoiy saytiga, to’lov tizimiga, auktsioniga va 
boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga 
mo’ljallangan wordstat.yandex.ru, Google AdWords adwords.google.com kabi 
yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor 
o’rganish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bunday usullarning nomi kalit so’zlr 
statitikasi degan nom oldi. Masalan, ommabop komp’yuter o’yini Angry Birds ni 
har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining 
fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot 
yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni 
aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini 
baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya, 
chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi 
insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu 
jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir.
Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir 
qancha asosiy turlari mavjuddir: 
Onlayn katalog (on-line catalog) –savdo maydoni shunday tashkil 
qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va 
sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar 
bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; 
Virtual moll (cybermall, e-mall) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib, 
unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar 
haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir 
qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagona 
savdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi; 
Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (e-auction) – bunda savdo maydoni 
shunday tashkil qilinadiki, xaridor turli ishlab chiqaruvchilarning turli 
tovarlarini savdo paytida aniqlanadigan narxlarda sotib olishlari mumkin 
bo’ladi; 
Elektron birjalar (e-exchange) – narxlar talab va taklif asosida 
aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron 
birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i 
uchun Aerospan va MyAircraft.com birjalari, avtomobillar uchun Covisint 
birjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa Transora kabi birjalar 
mavjud.
Bulardan tashqari, vertikal elektron savdo maydonlari ham mavjud. Ular tarmoqlar 
chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib 
beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar. Gorizontal elektron savdo maydonlarida 
esa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro 
aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz 
mumkin: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni 
yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib 
oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet-
savdoni keltirishimiz mumkin; 

Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi
mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (ya’ni 
kraudsorsing mahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu 
usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni, 
YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin.
Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va 
uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling