Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amazon.com, OZON.ru
- Facebook, Wikipedia, Friendster, Flickr, Red Hat, VKontakte
- Truste, Netflix, Classmates
- Slashdot
Dell Computer va M.Video larni keltirishimiz mumkin.
6. Hamkorlik Modeli (Affiliate Model) – internetda pul ishlashni istaydigan, ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini (Banner Exchange), saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (Pay-Per-Click) larni kiritish mumkin. Misol sifatida Amazon.com, OZON.ru va Barnes&Noble larni keltirish mumkin. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 7. Jamoaviy Model (Community Model) –bunday model vositasida ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services), kraudsorsing platformalari, Ochiq boshlag’ich kodli tizimlar (Open source), Ochiq content tizimlari (Open Content), Jamoaviy ko’ratuvlar (Public Broadcasting) va boshqalar faoliyat ko’ratadilar. Misol sifatida Facebook, Wikipedia, Friendster, Flickr, Red Hat, VKontakte larni keltirishimiz mumkin. 8. A’zolik modellar (Subscription Model) – matnli, audio, video content, trafiklarni sotadigan kompaniyalar uchun juda ham qulay model hisoblanadi. Uni information agentliklar, videoxosting kompaniyalari, internet provayderlar ishlatishadi. Misol sifatida Truste, Netflix, Classmates va Listen.com larni keltirishimiz mumkin. 9. Amaliyot modeli (Utility Model) – bunday modelning ishlashi asosida narx yaratishning “Qancha istasang shuncha to’la” ma’nosidagi modeli yotadi. Hizmatlar uchun haq miqdorini foydalanuvchi o’z ixtiyoriga qarab belgilaydi. Bular masalan, foydalanish o’lchovi (Metered Usage) yoki a’zo bo’lish o’lchami (Metered Subscriptions) bo’lishi mumkin. Misol sifatida Slashdot va Priceline larni keltirishimiz mumkin. Quyida monetizatsiyaning amaliyotda elektron biznes tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lgan turlixildagi sxemalarini ko’rib chiqamiz: Reklamadan keladigan daromadlar modeli–bu internet kompaniyalarining eng ommabop monetizatsiya sxemasidir; Kelishuvlarga asoslangan daromadlar modeli – kelishuv summasining qandaydir bir aniq foizi kattaligida bo’lib, u sotuvchi yoki xaridor tomonidan yoki ikkala tomondan to’lanadi; Kim-oshdi savdosi (auktsion)dan keladigan daromad modeli – xaridor tomonidan to’lanadigan va lotning sotuvga qo’yilishi uchun to’lov hamda sotuv summasidan qandaydir foiz hisobida. A’zo bo’linishdan olinadigan daromad modeli– bu xolda daromad a’zo bo’lganlar soni bilan aniqlanadi. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Dasturiy mahsulotlarning litsenziyasidan olinadigan daromad modeli – foydalanuvchi tomonidan dasturoy mahsulot litsenziyasini sotib olishdan, yangilashdan, xizmat ko’rsatishdan va litsenziyani uzaytirishdan tushadigan daromadlar. Internet tizimida marketing xizmatlarini ko’ratish modeli – ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki, bilimlar bazasi, analitik obzorlar sotishdan tushadigan daromad. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling