Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1P ( product )
- 4P ( place )
Elektron marketing (elektronic marketing, e-marketing) informatsion
texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan xolda bozorda o’z egallagan joyini kengaytirishni, iste’molchilarning tovar va xizmatlardan qoniqishlarini oshirishni va foydani ko’paytirishni ko’zda tutadi. Marketingning 4P- kontseptsiyasini marketingni rejalashtirishning mahsulot (product), narx (price), reklama (promotion) va joy (place) kabi ko‘rsatgichlarini ko’zda tutadi. Elektron marketing uchun ushbu uchta elementlarning integratsiyasi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, muvaffaqiyatli kompaniyalarning saytlari barcha bunday 4P elementlariga ega: 1P (product) – sayt va uning dizayni raqamli maxsulotdir; 2P (price)–sayt mahsulot yoki xizmatning narxini ham ko’rsatadi, va demak u prays-list sifatida bo’ladi; 3P (promotion) – saytning qanchali muvaffaqiyatga erishishini uning usability darajasi (qulayligi, navigatsiyasi, dizayni) ko’rsatadi va shuning uchun bu uning reklama funktsiyasini bajaradi; 4P (place) – sayt va sayt bo’yicha navigatsiya savdo nuqtasining qayerda joylashganini ko’rsatadi va shuning uchun ham u mansulot yoki xizmatning tarqatilish kanalidir. Internet paydo bo’lishi bilan marketingning tabiati ancha-muncha o’zgarganiga qaramay, 4P-kontseptsiyasi o’zining dolzarbligini yoqotmadi. Amaliyotda esa elektron biznes hamda elektron tijoratda 4P ning tashkil etuvchilari orasidagi farqlar ma‘lummiqdorda yo’qolib ketadi. Xamkorlir munosabatlari marketingi (partnership marketing) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha ko’paytiradi va bunda ko’shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar (personal va mijozlar) – participants, fizik atributlar - physical evidence hamda jarayonlar – process larni ko’rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o’rab-chirmashni o’z ichiga olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko’rsatish to’liq tsiklining barcha biznes- jarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko’rish mumkin. Odatda hal qilinayotgan maqsadi, vazifalari va bajarayotgan funktsiyalari nuqtai-nazaridan marketing bo’limi har qanday turdagi tashkilotda quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iboratdir: Analitika va izlanish –marketing izlanishlarini amalga oshirish, ma’lumot yig’ish, tahlil qilish va bozor analitikasi natijalarini interpretatsiya qilish. Mahsulot yoki xizmat bahosini hosil qilish – bozorga yo’naltirilgan ravishda baholash strategiyasini ishlab chiqish va baho hosil qilish modellarini yaratish. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Sotuv jarayonini boshqarish; Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish – reklama va PR. Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish hamda franchayzing. Elektron biznesni amalga oshirish uchun kompaniya egallagan bozor segmentining xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhim deb hisoblanadi. Iste’molchilarni asosiy kor’satgichlari va iste’mol afzalliklari bo’yicha guruhlashtirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda unga yo’naltirilish (targetlashtirish) muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin. Demak, targetlashtirish – bunga muhtoj bo’lgan iste’molchlarga aniq va maqsadli ta’sir qilishni anglatadi. Bozorlar segmentlarini quyidagicha ko’rinishda tavsiflash mumkin: Jug’rofiy segmantatsiya–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha, istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar. Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan, potentsial iste‘molchilarga mehmonxanalar, restoranlar, parkovkalar joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez rivojlanayotgan va ommabop turidir. Demografik segmentatsiya – bunda iste’molchilar yoshi, jinsi va ma’lumot darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bunda marketologlar turli xildagi usullar yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar. Psixografik segmantatsiya – iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol modellari bo;yicha guruxlantiriladi. Bozorlarni segmentlashtirishning ahamiyati shundaki, bu orqali marketologlar kerakli guruhdagi iste’molchilarga nisbatan ularga mos bolgan reklama tadbirlarini amalga oshiradilar. Internetda ma’lumot tarqatishning quyidagi kanallarini farqlash mumkin: To’g’ridan-tog’ri kanal (direct channel) – bunda ma’lumotlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga bevosita jo‘natiladi; Bilvosita kanal – ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabat amalga oshirilganda orada vositachining mavjudligi; Aralash kanal – bir qancha ishlab chiqaruvchilar va ularning vositachilarining birgalikdagi say’i-harakatlari asosida ma’lumot tarqatilishi. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Kompaniyalar internetda ko’p kanalli usuldan foydalanadilar va bunda vositachilar ham ishtirok etadilar. Bunda an’anaviy ma’lumot tarqatish usullari ham, elaktron kanallar ham birgalikda ishlatiladi. Offlayn kompaniyalar ham sotuv hajmini oshirish uchun onlayn kanallardan foydalanadilar. Keyingi yillarda vositachi-kompaniyalarning agregator deb atalgan yangi turlari paydo bo’lgan va ular iste’molchilarga tez va arzon hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqaruvchi hamda hizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradilar. Zamonaviy biznesda agregatorlar muhim rol o’ynaydilar va ular ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydilar, narxlarni pasaytiradilar va bozordagi raqobatni mukammallashtiradilar. Misol sifatida on-line travel transport bozoridagi quyidagi agregatorlarni keltirishimiz mumkin: Uber, Yandex.Taxi, GettTaxi, booking.com, TripAdvisor, parter.ru va boshqalar. Internetdagi eng ommabop reklama turiga kontekst axtaruv reklamasini kiritish mumkin. Statista.com ma’lumotlariga ko’ra, internet reklamaga AQSH kompaniyalari byudjetida eng katta mablag‘ qidiruv reklamalariga ajratiladi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling