Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Vaqt 
Zarar 
Bu yerda IPOInitial Public Offering – kompaniyaning aktsiyalarini 
boshlang’ich bozorda joylashtirish, SPO esa - Secondary Public Offering - 
kompaniyaning aktsiyalarini ikkilamchi bozorda joylashtirish. Shunday qilib
innovatsion kompaniyalarning hayotiy tsikli bir qancha davrlardan iborat bo‘lar 
ekan, ya’ni, o’lim maydoni, boshlang’ich o’sish, kengayish, oraliq davr, IPO va 
SPO lar. O’lim maydoni innovatsion kompaniya hayotiy tsiklining eng murakkab, 
boshlang’ch davri bo’lib, unda kompaniya ishni yo’lga qo’yish, mahsulot ishlab 
chiqarish, bozorni egallash kabi bir qancha harajatlar qilib, foyda hali olinmagan 
bo’ladi. Bunda loyihadan voz kechishga ancha kech bo’lib qoladi, chunki loyiha 
uchun juda ko’p moliyaviy mablag’lar, vaqt va kuch sarf qilingan bo’lib, 
muvaffaqiyatga bo’lgan ishonch hali so’nmagan bo’ladi. Startaplarda kuzatiladigan 
o’lim maydoni uning boshqa bosqichlarida ham yuzberishi mumkin, shu jumladan, 
ekish (seed) bosqichida, ishga tushirilish (startup) bosqichida, boshlang’ich o’sish 
(early gorwth) bosqichida. O’lim maydonining paydo bo’lish sababi, tadbirkorlar 
va investorlarning ko’pchilik xollarda biznesdan tezda foyda olishga bo‘lgan 
intilishlari bilan bog’liq bo‘ladi. Ayniqsa, mansulotning boshlang’ich prototipidan 
tijoriy mahsulotga o’tish davrida o’lim maydonidan o’tish muammosi paydo 
bo’ladi. Eng murakkab ishlardan biri 10 ming dollardan 50 ming dollargacha 
bo‘lgan pul aylanmasiga erishishdir - deyishadi bu soha bo’yicha mutahassislar. 
Biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy mablarlar jalb qilishning sinovdan o’tgan 
usullaridan fond birjasiga kompaniya aktsiyalarini chiqarish bilan bog’liq IPO va 
SPO larni keltirishimiz mumkin.
Raqamli biznes bilan shug’ullanadigan kompaniya tashkil qilishda 
tadbirkorlar uchun eng muhim ishlardan biri qimmatga ega bo’lgan tadbirkorlik 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
taklifini (g’oyasini) ishlab chiqishdir. Bunday qimmatga ega bo’lgan taklif ishlab 
chiqishning quyidagi mexanizmini ko’rib chiqish mumkin: 
10. Kompaniya uchun qanday taklif qimmatga ega bo’lishi mumkin? Bu taklif 
kompaniya mijoziga qanday afzalliklar berishi mumkin? Bu taklif mijozning 
qanday muammosini hal qilib berishi mumkin? Bozorning har bir segmentiga 
kompaniya qanday hizmet yoki tovarlar yetkazib berishi mumkin? Kompaniyaning 
yangi mahsuloti yoki hizmati mijozning qanday talablarini qondira oladi? Bu 
savollarga javoblar tariqasida quidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: mahsulot yoki 
xizmatning yangiligi, zakaz bo’yicha tayyorlanib berishligi, unikal dizayni, 
risklarni kamaytirishi, sarf-harajatlarni kamaytirishi va qulayligi. 
11. Kompaniya kim uchun qimmatga ega bo’lgan taklif berayapti: ommaviy bozor 
uchun, kompaniya bozorining bir qismi uchun, bozorning biror bir segmenti uchun, 
ko’p profilli korxona sifatida yoki ko’p profilli platforma sifatida ish olib borishga 
imkon beradi. Masalan, 2006 yilda Amazon kompaniyasi chakana sektorni 
diversivikatsiya qilish maqsadida „ma’lumotlarni bulutli usulda ishlash“ ni (cloud 
technologies) taklif qild.i Bu esa unga absolyut yangi iste’molschilar sektori – 
web-kompaniyalar bilan ishlashga imkon yaratdi va u bu yo’nalishda katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi. Kompaniya hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida u 
birgina masalani – qanday qilib qo’shimcha moliyalashtirish manba’larini topish 
mumkinligini hal qilishga intiladi. Chunki u oldin mahsulot yoki hizmatni yaratish 
uchun pul sarf qilsa, endi uni mukammallashtirish va kompaniyani rivojlantirish 
uchun harakat qiladi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling