Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury
- Know-Your-Customer
Blockchain.info saytidagi “peredanocherez” ustuniga qarash kifoya. Agarda biror
bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li hujum deb Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi. Bu ikki amalning qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (legitim) bo’lishini mayning va blokcheyn tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi. Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng ko’p miqdordagi hisoblash quvvati AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Bunday hujumni biror bir davlat yoki katta biznes (bank yoki xedj-fond) namoyondalari ham amalga oshirishlari mumkin. Lekin bunday hujumni uyushtirish uchun kerakli bo’lgan hisoblash quvvatlari va energiya sarfi juda katta bo’ladi. Masalan, agar 2016 yildagi bitkoin tizimining umumiy quvvati 1,2 million teraxesh bo’lgan bo’lsa va 1 teraxeshning narxi 4000 dollarligini hisobga olsak, hujum uchun 4,8 milliard dollar kerak bo’ladi. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun ham mahsus tartiblar mavjud, albatta. Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi. Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Masalan, bitkoin bloklari zanjirida qanday o’zgarishlar sodir bo’layotganini bemalol kuzatib tursa bo’ladi. Shunday qilib, har bir shaxs, huddi blokchain.info saytidagi singari, blokcheyndagi jarayonlarni kuzatib turish imkonini beradigan dastur tusib qo’yishi mumkin. Bitkoin adreslar o’z-o’zlaricha biror-bir fizik va huquqiy manzil bilan bog’langan emas, shuning uchun ham bitkoinni anonim yoki nomsiz deb ataydilar. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (psevdonim) orqali yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (bank, davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz, taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini yaratasiz. Bitkoin tizimi Know-Your-Customer (KYC-kompaniyaning o’z mijozlari shahslarini tekshirishi) jarayonini quvvatlamasligi ayni haqiqat va siz shaxsiy ma’lumotlarni qoldirmagan xolda istalgancha hamyonlar ochishingiz mumkin. Lekin bu ham bitkoin 100% anonim ekanligini anglatmaydi.Hozirgi davrdagi deyarli barcha kriptovalyutalar shaffof blokcheyndan foydalanadilar. Ozroq miqdordagi loyihalar esa blokcheynning shaffof emasligini ta’minlaydi. Masalan, DASH (digital cash - oldingi nomi Darkcoin) kriptovalyutasi (https://www.dash.org) bitkoindan farli o’laroq, mijoz-server arxitekturasidan foydalanadi va huddi bitkoin singari proof of work printsipini ishlatgan xolda hulosani proof of stake (bo’lakni tasdiqlash) rejimida amalga oshiradi. Bunda maxsus serverlardan (mastermodes) iborat bo’lgan tarmoqchalar hosil qilinadi, ular esa o’z navbatida hususiy amallar (darksend) yoki momental o’tkazuvlar kabi Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva qo’shimcha funktsional imkoniyatlar yaratib beradi. Dash kriptovalyutasi bitkoinga nisbatan ko’proq darajada anonimroq bo’lib, u ham to’liq shaffof emaslikni ta’minlab bera olmaydi. Huddi shu kabi loyihalar jumlasiga Zerocoin va Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling