Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Injiniring firmalari – bir tomondan ilmiy izlanishlarni loyihalar bilan, ikkinchi 
tomondan, yangiliklarni ishlab chiqarish bilan o’ziga xos ravishda bog’lab 
turadigan tashkilotlardir. Injiniring faoliyati bilan mashg’ul firmalar turli xil ishlab 
chiqarish korxonalarini yaratish, loyihalashtirish, hizmat ko’rsatish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini optimal ravishda tashkil qilish bilan shug’ullanadilar. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Raqamli innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlaydigan tuzilmalar ichida 
texnoparklar ham alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular asosiy va aylanma 
fondlarni, investitsiyalarni va intellektual zahiralarni innovatsion hizmatlarga 
aylantiradilar. Katta texnoparklar texnopolislar deb atalsa, juda ham kattalari 
qandaydir raqamli innovatsion yo’nalishga ega bo’lgan va katta xududlarni 
egallagan ilmiy-texnikaviy xududlar (regionlar) deb nomlanadi. Texnopark 
tuzilmalarini murakkabligi oshib borishi ketma-ketligida joylashtirsak, quyidagini 
olamiz: inkubatorlar, texnologik parklar, texnopolislar, fan va texnologiya 
xududlari (regionlari). 
Texnologik park – ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo’lgan ilmiy 
ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo’lib, uning asosiy vazifasi - kichik va 
rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo’lgan 
sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi 
hisoblanadi. Eng keng ko’lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi
biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (innovatsion markaz), ishlab 
chiqarish zonasi, marketing markazi va o’quv markazi kiradi. Ushbu har bir 
markaz o’ziga mos bo’lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling