Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

yangiliklar 
Amaliy ilmiy izlanishlar va 
amaliy fan 
Bozorga chiqish 
Mahsulotlarni yalpi ishlab 
chiqarish 
Yangiliklarning multiplikativ 
tijoriy samara berishi uchun 
kompleks infratuzilmasini yaratish 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda 
iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik 
maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli 
innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, 
Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni 
nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni 
iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar 
majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: 

Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish 
joylarini yaratish; 

Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining 
daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; 

Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va 
bilim darajasini oshirish; 

Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish 
korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish; 

Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
muammolarni hal qilish. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga 
bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, 
normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va 
bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, 
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan 
aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha 
darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, 
regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir 
tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim 
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes 
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining 
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va 
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab 
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha 
tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning 
mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli 
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil 
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
4.3. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli 
Yangi raqamli mahsulot (yoki hizmat)larni hayotga tadbiq qilish bilan 
tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan 
raqamli innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi 
bilim va informatsiyani (yoki raqamli innovatsion faoliyatni) yaratish jarayonini 
tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan 
raqamli innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil 
bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara 
olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga 
asosan esa raqamli innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi 
vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb 
tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa raqamli innovatsion faoliyat deb 
fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy 
sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Raqamli innovatsion 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar 
(bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar) yaratish jarajonining bir-biri bilan 
bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin: 
Raqamli innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik 
ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi raqamli mahsulot 
yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab 
olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (raqamli innovatsiyalarning) hayotiy 
tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy 
ishlab chiqarish, sotish, raqamli mahsulotni tarqatish va undan foydalanish 
jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda raqamli innovatsion 
mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga 
mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom 
sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik 
sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (yagona, noyob, bir nushada
raqamli mahsulotlarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday 
seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling