Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
Pul jamg’arma vositasi. Pulning bu funktsiyasi sotish va sotib olish
jarayoniga zarurat bo’lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa pul muomala va to’lov oborotidan chetlashadi. Yig’ilgan pullar jamg’arma vositasi funktsiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg’arishga imkoniyat yaratadi. Jamg’arma ikki yo’nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg’arish yoki umuman jamg’arish. Shunaqa jamg’armalar borki, aniq bir mo’ljal bo’lmagan holda yig’ib boriladi, maqsadli jamg’armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag’ jamg’aradilar. Pulning jamg’arma vositasi funktsiyasi pulning pul oborotidan chiqib ketishiga olib keladi. Jamg’armada pul pul oborotining qaysidir kanallarida turib qoladi va 22 natijada u mavjud oborotdan ajralib ma’lum vaqtgacha oborotga qaytib tushmasligi mumkin. Pulning jamg’arma va boylik to’lash vositasi funktsiyasi pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o’zgarib turishi, pul massasining doimiy o’zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko’payib ketishining oldini olishi mumkin. Pulning muomala vositasidan chiqib jamg’armaga aylanishi va jamg’armaning muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart hisoblanadi. Pulni jamg’arishga undaydigan omil-uning maxsus tovar, umumiy ekvivalentligi ya’ni, boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish mumkinligidadir. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo’lishi, ya’ni pulni zarur bo’lganda xoxlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o’lchansa, son jihatdan, albatta, pul summasi cheklangan bo’lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan cheklanmaganligi o’rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qarama-qarshilik pulni jamg’arishga, pul qancha ko’p bo’lsa, uni yanada ko’paytirishga intilishga olib keladi. Jamg’arma funktsiyasi pul muomalasida asosiy bo’lmasa-da, uni olib borishda katta ahamiyatga ega. Jamg’arish, xazina to’plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina to’plash vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar o’ynab kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg’arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning roli rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo’lsa, pulni biror qimmat baho metallga qo’yib qotirib qo’ygandan ko’ra, unga davlat yoki korporatsiyalarning qimmat baho qog’ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko’rgan ancha qulay hisoblanadi. 23 Tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o’z pulini to’g’ri jamg’arib boyib kelar ekan. Qolganlari bo’lsa pulni topadi, lekin qanday jamg’arish yo’lini bilmasdan uni yo’qotarkan. Bozor iqtisodi yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag’ini qo’yidagi aktivlarga qo’yish afzal hisoblanadi. Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari, ya’ni uzoq muddatli obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo’yish. Davlatning qimmatbaho qog’ozlari kafolatlangan bo’ladi va ularning bahosi kamdan-kam hollarda o’zgaradi. O’zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o’zgaradi. Shuning uchun ham davlat qimmatbaho kog’ozlari yuqori likvidlikka ega bo’ladi; Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlari, ya’ni aktsiya va obligatsiyalariga qo’yish; Korporatsiya, korxonalarning aktsiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo’lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo’yilgan mablag’ ko’zlangan natijani bermasligi mumkin. Agar mablag’ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog’oziga qo’yilsa u davlatning qimmatbaho qog’oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin. O’zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va rivojlantirish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yoozirgi vaqtda qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O’zbekiston iqtisodini rivojlantirishning asosiy dastaglaridan biri bo’lib qoladi. Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlarlariga qo’yish yo’li bilan jamg’arish. Bu usulda iqtisodning ijobiy va salbiy tomonlarga o’zgarishiga qaramasdan buyumda ifodalangan qiymat o’zini yo’qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega 24 bo’lib, bozor munosobatlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, bu aktivlarning likvidligi uncha yuqori bo’lmasligi mumkin. Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo’lgani uchun, uni xohlagan vaqtda, xohlagan to’lovni to’lashga yo’naltirilishi mumkinligi uchun, u nominalini o’zgartirmasligi uchun pul jamg’arma va xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. Pul jamg’armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida emas, boshqa shakllardan - masalan, uy-joy, er, mashina, asbob-uskuna, aktsiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflyatsiya bo’lmasa) past bo’ladi va ularning narxi ham o’zgarishi mumkin. Er, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatbaho kog’ozlarni pulga aylantirmasdan turib biror to’lovni qoplash uchun yo’naltirib bo’lmaydi. Pulni bo’lsa xohlagan paytda turli to’lovlarni qoplash uchun yo’naltirish mumkin. Inflyatsiya sharoitida pulni jamg’arish xohlagan rejani amalga oshirishga imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg’ariladigan pullar o’z qadrini bir necha marta yo’qotib boradi va unga ishonch yo’qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari muomala va to’lov vositasi, hamda baholar masshtabi bo’ladi, lekin jamg’arish vositasi bo’lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu valyutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda janubiy Koreyada, 70-yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDYo davlatlari amaliyotida ko’rish mumkin. Odatda, pul barcha funktsiyalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funktsiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSh dollarida aniqlangan, hisob kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo’llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflyatsiya davrida Isroilda, Argentina, Meksika, kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valyutasi muomala va to’lov vositasi sifatida ishlatilgan. 25 Adabiyotlarda 1 pulning jaxon puli funktsiyasi to’g’risidagi g’oyani ham uchratish mumkin. Bu funktsiyani biror valyutaga bog’lab qo’yish to’g’ri deb bo’lmaydi. Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi jahon puli sifatida oltinning qo’llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan oltin davlatlar o’rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922 yilda Genuyada o’tkazilgan konferentsiyasidagi valyuta bitimiga asosan AQSh dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o’rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro to’lovlarda qo’llanila boshladi. 1944 yildagi Brettonvud konferentsiyasidan keyin jahon puli funktsiyasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to’lovlarda AQSh dollaridan ko’proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo’yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi. Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. 70-yillardan boshlab xalqaro to’lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to’lov birligi SDR (Special Dzawind Ridts) qo’llanila boshlagan. 1971 yilda SDRning oltin miqdori AQSh dollarinikidek 0,888 671 gr. oltinga teng deb belgilangan. Dollar devolvatsiya bo’lganidan keyin, 1974 yil 1 iyuldan boshlab SDR qiymati 16 davlat valyutasining o’rtacha kursi, keyinchalik etakchi besh mamlakat valyutasi kursi bo’yicha aniqlanadigan bo’ldi. 1979 yil martdan boshlab Evropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi -EKYu (Europen Currencu Unit) qo’llaydigan bo’lishdi. EKYu - bu a’zo mamlakatlar banklaridagi schetlariga yozib qo’yiladigan hisob birligi. Iqtisodchilarimiz o’rtasida pulning jahon puli funktsiyasi mavjud deyuvchilar, biz yuqorida qisqacha ta’riflagan valyuta kliringi, SDR, EKYu kabi to’lov vositalariga jahon puli sifatida qaraydilar. Lekin SDR, EKYu lar asosan to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Bu jarayon esa Drobozina L.A. Finansi, denejnoe obrashchenie, kredit. M.: «Finansi» 1997 g. s. 23. Jukova E.F. Obshchaya teoriya deneg i kredita. M.: «Yuniti» 1995 g. s. 79. 26 pulning to’lov vositasi funktsiyasida o’z aksini topadi. Bu holda to’lov jarayoni mamlakat ichidagi emas, davlatlararo munosabatlarni o’z ichiga oladi. 27 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling