Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
11.2-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo‗lsa, sotuvchilar ko‗p miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar 22 Additivlik (lat), obyektning miqdor xossasi: uni qanday bo‗lishdan qat‘iy nazar, bir necha bo‗laklarga bo‗lganda shu bo‗laklar qiymatlari yig‗indisiga teng bo‗ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo‗laklari hajmlarining yig‗indisiga teng. 219 sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo‗lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo‗q va natijada baho pasayadi. Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo‗lganda tugallanadi. Avval ko‗rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me‘yorli foydalilik va me‘yorli xarajatlar bilan aniqlanadi. Demak, D talab egri chizig‗i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib borishi bilan, odatda, tovarga bo‗lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo‗yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo‗yicha talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday miqdorda o‗sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo‗ladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 bo‗ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo. Agar talab egri chizig‗ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo‗lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o‗zgirishi mazkur tovarni sotishga ta‘sir ko‗rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo‗lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan qo‗rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo‗lsa, unda bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko‗paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo‗lganda foyda bahoning o‗sishi hisobiga ko‗payishi mumkin, talab elastikligi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. Talabning elastikligi iste‘moldagi tovarlarning bir-birlarining o‗rnini osongina bosa olishiga bog‗liq. Shuning uchun ommaviy iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab kam elastik bo‗ladi. Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas, negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi va shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha qisqa bo‗lsa, talabning qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchli bo‗ladi, 220 bu davr qancha uzoq bo‗lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchayib boradi. Shu sababli A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq muddatli muvozanat turlarini ajratib ko‗rsatib beradi. Bir zumli muvozanatda taklif o‗zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo‗lmagan quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo‗ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor bahoni oshirish hisobiga qo‗shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq bozorida baliqqa bo‗lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‗tarildi, lekin o‗sha kuni sotuvchilar taklifni ko‗paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig‗i to‗g‗ri chiziq (S) ko‗rinishida bo‗ladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, baho oshadi (P 1 dan P 2 ga, 11.3-chizma). 1> Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling