Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


U.Mitchell  (1874-1948),  J.Gobson


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

U.Mitchell 
(1874-1948), 
J.Gobson 
(1858-1940), 
U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr 
mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan 
birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan «Yangi kurs» islohotlarini 
amalga oshirish bo‗yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular 
demografiya va antropologiyani o‗rgandilar, ishchilar harakatining 
kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yillarda 
J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli 
«Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini 


226 
chop etdilar, G.Minz o‗zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, 
kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
3. 
60-70 
yillarda 
ijtimoiy-institutsional 
yo‗nalish, 
ya‘ni 
neoinstitutsionalizm paydo bo‗ldi. 60-yillardagi institutsionalizm 
asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi 
G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-
institutsional yo‗nalish ta‘limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar 
tomonidan davom ettirilgan.
Bu yo‗nalish g‗oyalari «iqtisodiy o‗sish omillari nazariyasi»ning 
mafkurachisi U.Rostou, so‗l keynschilik yo‗nalish (o‗sish nazariyasi) 
tarafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o‗z aksini topgan. 
Amerikalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining 
umumiy tushunchasiga ega emas edilar. Masalan, Veblen iqtisodiy 
jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‗liq, deb 
hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - 
antropologiya va matematik hisob-kitoblarni ustun qo‗yadi.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni 
industriya rivoji va texnokratiya rolining o‗sishi bilan bog‗lamoqdalar, 
shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy 
hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-
institutsional yo‗nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy oqimlar:
1. Ijtimoiy-psixologik. 
2. Ijtimoiy-huquqiy. 
3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin 
shu bilan birga barcha yo‗nalishlar uchun xos bo‗lgan umumiylik ham 
mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko‗pmi burjua jamiyatini axloqiy-
psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik 
yo‗lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq 
maqtashdan chetlandilar.


227 
Bu yo‗nalish g‗oyalariga baho berib, g‗arb iqtisodchilari 
institutsionalizmni «Formalizmga qarshi g‗alayon» deb qaramoqdalar, 
uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo‗ymoqdalar. Bu 
yo‗nalishning paydo bo‗lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va 
sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin 
o‗zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining 
roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo‗q edi.
Ikkinchi tomondan bu yo‗nalishning «norozilik kayfiyati» «eng 
yuqori naf nazariyasi»ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya 
mikroiqtisodiy tahlil bilan shug‗ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy 
tahlilni amalga oshiradi. «Yuqori naf» vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy 
subyekti 
sifatida 
Robinzon 
(alohida 
individ)ni 
tanlashsa, 
institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa «psixologiyasi»ni 
birinchi o‗ringa qo‗yadilar. Ular «yuqori naf» nazariyasiga qarshi chiqib, 
jamiyatning stixiyali rivoji o‗rniga ishlab chiqarishni boshqarishda 
ijtimoiy tadbirlar qo‗llashni afzal ko‗rdilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy 
hayotning ba‘zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o‗rganishni asos qilib oldi, 
ammo davlat monopolistik kapitalizm tizimini qo‗llab-quvvatladi.
Ularning g‗oyalarida «Ijtimoiy nazorat»ni himoya qilish orqali 
yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim, deb 
ko‗rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish 
muammosi dolzarb qilib qo‗yildi. Ular «erkin sohibkorlik» va 
marjinalizmga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik 
mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy 
tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat 
iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Endi shu yo‗nalish tarafdorlarining ayrim g‗oyalari bilan tanishib 
chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va 
uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib


228 
iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. 
Veblenning asosiy asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), 
«Mohirlik instinkti» (1914), «Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o„rni 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling