Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. T.Veblen g„oyalari T.Veblen
- Bekorchi sinflar nazariyasi
va boshqa ocherklar» (1919), «Muhandislar va baho tizimi» (1921)
va «Zamonaviy o„zgaruvchi tizimlar to„g„risidagi ocherklar» (1934) kitoblarida jamlangan. U keng ijtimoiy tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo‗lgan jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo‗nalishni eslang). Xususiy mulkning tanqid qilinishi albatta, burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga soldi. Uningcha, xususiy mulk borligi tufayli aholining ma‘lum bir qismi tekinxo‗rlik bilan hayot kechiradi. Shu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo‗lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917- yildagi oktabr inqilobini qutlagan, uni mavjud tuzumni o‗zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o‗ylagan. Amalda esa u kapitalizmni «texnokratik» jamiyatda islohotlar yo‗li bilan «yaxshilash» usulini taklif etadi. Bu g‗oyalar marksizmga zid fikrlardir. 12.2. T.Veblen g„oyalari T.Veblen iqtisodiy jarayonlarni shakllangan an‘analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an‘anaviy harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-tuyg‗usi, usta instinkti, ya‘ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha dastlabki instinkt avval oilaga g‗amxo‗rlikda namoyon bo‗ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo‗lgan g‗amxo‗rlikka aylanib boradi. Darvinizm (biologik) g‗oyalari iqtisodiyotga tatbiq etiladi. Veblen «Bekorchi sinflar nazariyasi» («Teoriya prazdnogo klassa») kitobida quyidagilarni yozadi: «Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolyutsiyasi 229 institutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir». Darvinning tabiiy tanlanish ta‘limoti ijtimoiy hodisalarga mexanik ravishda ko‗chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi g‗ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe‘l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil, deb qaraladi, proletariatnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyutsionizm qarama-qarshi qo‗yiladi. Veblen zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo‗lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e‘tibor beriladi va unga barcha ishlab chiqaruvchilar va birinchi navbatda, muhandislar va ishchilar kiritiladi. Industriya olami mehnat unumdorligini o‗stirish, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo‗yadi. Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib qo‗yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko‗rsatkichlar, masalan, texnik asos darajasi, malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes olami, deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni tushundi. Uningcha biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli aksiyadorlik jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to‗la bo‗ysundirilgan. Shu sababli u sanoatni biznes ta‘siridan «ozod» qilish kerak, deydi. «Industriya» va «biznes» nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan uning sotsial-iqtisodiy shakli o‗rtasida bog‗lanish yo‗q. Veblen industriya va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor, deb xato qiladi, ana shular kapitalizm illatlarining sababchisi qilib ko‗rsatiladi. Insonlarning iqtisodiy rag‗bati avvalo, qarindoshlik his-tuyg‗usi, bilim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit - foyda ketidan quvish). Bekorchi sinflar to‗g‗risida fikr yuritilib, ularga «biznes olami odatlari» to‗g‗risidagi o‗ziga xos xususiyatlar ko‗rsatiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho belgilanadi va ular talab qonunlaridan 230 boshqacha bo‗lishi mumkin, deyiladi. Buni «Veblen effekti» deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda boylar uchun alohida do‗konlar mavjud). Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to‗g‗risida noto‗g‗ri tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va muhandislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi esa umuman yo‗q. Mavjud tizimni o‗zgartirish to‗g‗risida gapirib, bu masalani Veblen ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo‗liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha injener-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar ularning shartlariga ko‗nishga majbur bo‗ladilar. Kapitalizm transformatsiyasi «texniklar kengashi» vositasida bajariladi, hozirgi zamon jamiyatida intelligensiyaning roli birinchi o‗ringa qo‗yiladi, ya‘ni biznes olamini injiner- texnik intellegensiya yenga oladi. Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, Veblen yangi jamiyatni «texnokratik» ko‗z bilan ko‗radi va kapitalizmni saqlab qolish yo‗lini taklif etadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling