Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.Veblen
Tayanch tushunchalar
Me‟yorli foydalilik - buyumning oxirgi qismining foydaliligi. Ehtiyojlarning to„yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni) - foydalilikka asoslangan nazariyaning boshlang‗ich nuqtasi. Gossenning ikkinchi qonuni - me‘yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, ya‘ni bu qonunga muvofiq pul birligiga olingan har bir tovarning me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Muhokama uchun savollar 1. Marjinalizmning asosiy g‗oyasi nima? 2. ―Gossen qonuni‖ning mazmunini tushuntirib bering. 3. Me‘yorli foydalilik, deganda nimani tushunasiz? 4. Marjinalistlar nazariyasiga ko‗ra tovar bahosi asosida qanday omil yotadi? 5. Marshall bo‗yicha tovar qiymati qanday aniqlanadi? 6. Marshallning bir zumli, qisqa muddatli, uzoq muddatli muvozanat turlarini qanday tushunasiz? 223 XII BOB. INSTITUTSIONALIZM YO„NALISHINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 12.1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va asosiy xususiyatlari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida dunyoda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy- iqtisodiy o‗zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o‗zgardi, ilgari ilg‗or bo‗lgan davlatlar 2-o‗rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo‗lgan davlatlar esa 1-o‗rinlarga chiqib olishdi (AQSh, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o‗tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo‗llash g‗oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQShda ro‗y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo‗llaydilar. Antitrest siyosati yo‗li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari qo‗llanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. Iqtisodiy ta‘limotlardagi institutsionalizm yo‗nalishi AQSHda XX asrning 20-30-yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning oxirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899-y. chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bog‗liq). Bu yo‗nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko‗rsatma, muassasa so‗zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o‗tishi bilan bog‗liq ravishda ro‗y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishini erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta‘limotlari bilan izohlash mumkin bo‗lmay qoldi. 224 Bu ta‘limot yo‗nalishi vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib xizmat qiladi. Bu ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar, ya‘ni jamoat ruhining namoyon bo‗lishi, yurish-turish va o‗ylash usulini xalqning ma‘lum guruhlari uchun odatiy, an‘anaviy, shuningdek, huquqiy, axloqiy va boshqa ko‗rinishlarini o‗z ichiga oladi. Bu yo‗nalish mafkurachilarining fikricha iqtisodiy kategoriyalar bo‗lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo‗lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to‗la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolyutsiyasini tahlil etadilar. Institutsionalizm ma‘lum ma‘noda neoklassik yo‗nalishga muxolifdir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o‗zini-o‗zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema, deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma‘naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog‗liqdir, deb o‗ylaydilar. Demak, bu yangi yo‗nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy- iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suriladi. Shu bilan birga tadqiqot obyektlari, ya‘ni institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali, deb qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilmaydi. Bu yo‗nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o‗xshashlik mavjud. Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to‗la yakdillik yo‗q. Yangi yo‗nalish neoklassiklarning marjinalizm g‗oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo‗llaydilar. 225 Institutsionalizmga xos bo‗lgan uslubiy xususiyatlar quyida- gilardan iborat: 1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa, baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasiga intilish yoki fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch; 3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o‗tkazishga chorlash. Bu yo‗nalishning vujudga kelishi, shakllanishi va evolyutsiyasining ma‘lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo‗yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a‘zolari uchun xos bo‗lgan urf-odat, an‘ana, odob-axloq, instinktlarni o‗rganish bilan shug‗ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko‗ra yozib borish, qayd etish uslubi yuqoriroq. Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‗lish mumkin: 1. 20-30-yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblen (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945), Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling