221
Baho qanday bo‗ladi? U pasayishga intiladi (P3
chizmalarga qarang).
11.4-chizma.
Qisqa muddatli bozor muvozanati
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha
oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo‗ladi.
Bu davr ichida ishlab
chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni
tashkil qilish uslubini
o‗zgartirish, yangi korxonalarni ochish,
yangi texnologiyalarni
qo‗llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab
(D
2
egri chizig‗i) va shunga muvofiq yuqori narx (P
4
) uzoq muddat
saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab
chiqarishni kengaytirish
maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar
(yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu
tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi
ishlab chiqaruvchilar kirib
keladi. Taklif (Q
3
dan Q
4
ga) ko‗payadi, baho esa (P
3
dan P
4
ga)
pasayadi (11.4, 11.5-chizma).
11.5-chizma.
Uzoq muddatli bozor muvozanati
222
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki
taklif
o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo, xaridorlarning
xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr
mobaynida baho o‗rtacha ishlab chiqarish
xarajatlari miqdoriga
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‗ladi (klassik maktab).
Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri
amal qilishini ularning o‗zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda
o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: