Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapitalizmning huquqiy asoslari
12.3. Jon R.Kommons qarashlari J.Kommons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo‗nalishining asosiy vakili hisoblanadi. Uning asosiy g‗oyalari amerika tred- yunionizm mafkurasini ifodalaydi. Uning ta‘limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab chiqarish korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tred-yunionlar, davlat va yuridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog‗liq. U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, biznes tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u o‗zini-o‗zi saqlashga qodir bo‗lsin, deydi u. Kommonsning asosiy g‗oyalari «Kapitalizmning huquqiy asoslari» (1924), «Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy 231 iqtisoddagi o„rni» (1934), «Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950) asarlarida o‗z aksini topgan. Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va yuridik konsepsiyalar to‗g‗risidagi qoidalarning o‗zaro qorishmasidan iborat. Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, kapitalizmning mohiyati bozor munosabatlari bilan almashtiriladi, hozirgi sharoitda bu munosabatlar «odil bo‗lmagan raqobat»ga olib kelmoqda. Kapitalizmning bu illatini to‗g‗rilash, almashuv munosabatlari odil bo‗lishini ta‘minlash, raqobat xavfini yo‗qotish davlat yuridik-qonuniy organlari vositasida hal etilishi mumkin, degan g‗oya ilgari suriladi. Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. Marksizmning sinfiy kurash nazariyasiga «sotsial nizo» ta‘limotini qarshi qo‗yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxassislar bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari kerak. Paydo bo‗ladigan nizolar esa jamiyat evolyutsiyasini harakatga keltiruvchi omildir. Nizolarni hal qilish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur. Kommons nazariyasi kapitalizmni ba‘zi islohotlar yo‗li bilan yaxshilash usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me‘yorlarni takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o‗rtasidagi munosabat jamiyatning teng huquqli a‘zolari orasidagi yuridik bitim - kelishuv hisoblanadi, chunki ular ma‘lum qonun-qoidalar asosida tuziladi. Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari: oila, tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o‗zi ham bo‗lishi mumkin. «Kelishuv» uch narsani o‗z ichiga oladi: nizo, o‗zaro ta‘sir, yechim. Yuridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik, barcha konfliktlar o‗z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni yuridik hal qilish mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. Iqtisodiy kategoriyalar shu kategoriyalarga oid yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo‗ladi. Kommons mulk shakllarini iqtisodiy munosabatlar 232 shaklida tahlil etmaydi, ammo «Mulk tituli»ni yuridik shakl sifatida ko‗radi. U mulkni uch ko‗rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy (qarzlar va qarz majburiyatlari) va ko‗rinmas (qimmatli qog‗ozlar). Ko‗rinmas mulk ko‗pincha «mulk tituli bilan kelishuv» mazmuni bo‗lib amalga oshadi. Shu sababli Kommons tadqiqotlarining asosini qimmatli qog‗ozlar - aksiya, obligatsiya va boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko‗rinib turibdiki, bu olimning g‗oyalarida birinchi o‗rinda ishlab chiqarish emas, balki muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o‗rniga fiktiv (soxta) kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo‗jalikning mohiyati sifatida qaraladi. U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma‘muriy kapitalizm bosqichiga o‗tiladi. T.Veblen va J.Kommonslarning yuqorida keltirilgan g‗oyalari amalda 1929-1933-yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSh prezidentining «yangi kurs» siyosatida amaliy tasdig‗ini topdi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling