Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

«Artxashastra» ta‟limoti 
Qadimgi Hindiston xo‗jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini 
o‗rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av. 
IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptaning maslahatchisi Kautilya 
yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‗lib, 
«artxa» so‗zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar 
ma‘nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‗g‗risida ko‗rsatmalar 
berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga 
bag‗ishlangan, uchinchi va to‗rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash 
masalalari ko‗rib chiqilgan, so‗ngra tashqi siyosat usullari to‗g‗risida, 
maxfiy xizmat to‗g‗risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar 
to‗g‗risida so‗z yuritiladi. 
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‗rtta «ilmni» bilishi 
zarurligi to‗g‗risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida 
ko‗riladi. Mamlakatda qishloq xo‗jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy 
soha 
hisoblangan. 
«Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi 
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini 


25 
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‗chib kelganlarga yer soliq to‗lash 
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand 
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun 
davlatning siyosati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. 
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil to‗gan. 
Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‗xshaydi – undan na sut 
sog‗ib olib bo‗ladi, na nasl». 
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‗zlagan holda, xo‗jalikni 
yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o‗z yerini ishlatmasa 
yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan 
xo‗jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini 
ko‗rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini 
bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan 
tovar zahirasi bo‗lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini 
ta‘minlashga erishiladi. 
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda 
tutilgan. «Sug‗orish tizimlarini qurish, – deyiladi unda – hosilning 
manbayi hisoblanadi...» Sug‗orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar 
uchun og‗ir jazo, hatto o‗limga mahkum etish tavsiya etiladi. 
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini hal etishga 
katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‗jaliklari 
foydasidan, turli soliq va boj to‗lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga 
mablag‗ ajratib kelgan. Davlat xo‗jaligi va soliq tizimi bilan bog‗liq 
bo‗lgan moliya idoralarining to‗g‗ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da 
aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib 
borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi 
kerak. Ammo bu yerdagi o‗g‗irlikni aniqlash juda qiyin bo‗lgan. 
«Artxashastra» xazina mulkini o‗g‗irlashning 40 xil usulini ko‗rsatib 
beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‗ra, osmondagi 
qushning yo‗lini aniqlash osonligini qayd qilib o‗tadi. «Suvda suzib 
yurgan baliq, o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib bo‗lmaganidek, 


26 
ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi aniqlab 
bo‗lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol qilishning har xil 
usullarini o‗rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o‗zgartirib 
turish tavsiya etiladi. 
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat 
byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko‗paytirish va 
xarajatlarni kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu 
atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini
balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko‗rsatib berdi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling