Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
2.3. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar 
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Yunonistonda yanada rivojlantirildi. 
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus 
tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning 
zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko‗rish 
mumkin. Uning ko‗p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‗g‗risida» va 
«Ekonomiks» nomli (xo‗jalik to‗g‗risida ta‘lim) maxsus iqtisodiy 
asarlari alohida ahamiyatga ega.
Ksenofont 
«Daromadlar 
to‗g‗risida» 
asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini 
tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‗lini 
tavsiya etadi: 
1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni 
ko‗paytirish, 
ularning 
Afinaga 
kelishini 
rag‗batlantirish; 
2) kumush qazib olishni kengaytirish; 
3) qullar savdosini tashkil etish. 
«Ekonomiks» asarida hamda Ksenofontning 
5
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. 
Ksenofont
(m.o. 430–355)
 


29 
alohida mulohazalarida quldorlik xo„jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma 
beriladi. 
Ksenofont qishloq xo‗jaligini xalq xo‗jaligining eng asosiy 
tarmog‗i, deb hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, 
– boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u 
holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat 
faoliyati tarmoqlari halok bo‗ladi». 
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarihiga birinchilardan bo‗lib mehnat 
taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‗zining 
«Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta 
ustaning o‗zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko‗pincha o‗sha 
odamning o‗zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan 
shug‗ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin 
emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko‗pchilikning 
ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o‗zini boqish uchun bitta hunar 
yetarli. Ko‗p joylarda o‗sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: 
masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – 
xotinlarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot 
tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‗rtinchisi 
esa – ularning hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq 
oladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan 
shug‗ullansa, o‗sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». 
Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning 
foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‗lib tushungan 
ham 
Ksenofont 
hisoblanadi. Bundan 
tashqari, 
natural-xo‗jalik 
konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‗ra sudxo‗rlikka qarshi bo‗lganiga 
qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos 
bo‗lgan muomala vositasi va jamg‗arish vositasi funksiyalarini ko‗rsatib 
bergan. 
Natural xo‗jalik konsepsiyasi yunon mutafakkiri Platonning (m.av. 
427–347) iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo‗lgan. Bu uning 


30 
«Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‗z aksini topgan. Birinchisida ideal 
davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan bo‗lsa, ikkinchisida real haqiqatga 
ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy 
tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga katta hissa qo‗shdi. 
Ideal ―davlat‖da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‗rsatiladi: 
1. Faylasuflar. 
2. Harbiylar. 
3. Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. 
Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning 
(faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa 
– harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil 
etgach, olimning fikriga ko‗ra butun jamiyatni boshqaradi. Bunda 
faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar 
(davlat manfaatlari yo‗lida chalg‗ib ketmaslik uchun); ularning moddiy 
ta‘minotini davlat o‗z zimmasiga oladi. Barcha xo‗jalik ishlari, shu 
jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi 
uchinchi toifa hisoblangan–yer egalari, savdogarlar va hunarmandlar 
zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin fuqarolar mulki va shuning uchun 
ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda 
davlat ta‘minotida bo‗lgan, ya‘ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy 
ta‘minoti to‗g‗risidagi oldin ilgari surilgan g‗oyalar rivojlantirilgan. Bu 
yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy-
iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko‗ra bilgan. Xususan, 
barcha fuqarolar, Platon fikricha ideal davlatda (qur‘a bo‗yicha) uy-joy, 
yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va 
undan foydalanish huquqi bilan (ya‘ni to‗la bo‗lmagan mulk huquqi) 
berilgan bo‗lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga 
aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‗lgan. 
Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‗rt martadan ko‗p farq 
qilmasligi kerak.


31 
Platonning har ikkala loyihasida o‗xshashlik mavjud: davlatni 
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) 
oltin va kumushga ega bo‗lishlari, shuningdek, sudxo‗rlik bilan 
shug‗ullanishlari mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‗xshab, 
dehqonchilikni 
iqtisodiyotdagi 
asosiy 
tarmoq, 
deb 
hisobladi, 
hunarmandchilik va savdoni jamiyatda uncha e‘tiborli bo‗lmagan 
mashg‗ulotlar turiga kiritdi. 
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‗lib 
bahoning asosi va darajasi to‗g‗risidagi masalani o‗rtaga tashladi. 
Uning fikricha baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib 
turilishi kerak, bundan tashqari asos sifatida shunday baho olinishi 
kerakki, u o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling