Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mesopotamiya»
- Qur‟oni Karimda
Tayanch tushunchalar “Avesto”- Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. “Artxashastra”- , «artxa» so‗zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma‘nosini bildiradi. «Mesopotamiya» - yunoncha so‗z bo‗lib, «ikki daryo oralig‗i» ma‘nosini bildiradi. Xrematistika bu yirik savdo yo‗li bilan boylik orttirish mahoratidir. Muhokama uchun savollar 1. Nima sababdan hozirgi zamon Xitoy iqtisodchisi uchun Adam Smitni o‗rganishdan ko‗ra Guan Tszini o‗rganish zarur bo‗lishi mumkin? 2. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, sotsiologik va psixologik jihatlarini umumiy jamiyatdan ajratishni to‗g‗ri, deb o‗ylaysizmi? 3. Samaradorlikning qaysi jihatlari ayrim yunon mutafakkirlarini qiziqtirdi? 4. Iqtisodiy faoliyatning to‗g‗riligi bo‗yicha Aristotelning qarashlari qanday bo‗lgan? 5. O‗z iste‘molingiz tarkibini baholash uchun Aristotelning ehtiyoj bilan talablar o‗rastidagi farqdan foydalaning. 6. Feodal jamiyati bozor iqtisodiyoti jamiyatidan qanday farq qiladi? 7. Platon, Aristotel va Avliyo Tomas Akvinskiy qarashlarida xususiy mulkning maqsadga muvofiqligi bo‗yicha qanday farqlar mavjud? Ularning qarashlarini taqqoslang. 8. Sudxo‗rlik konsepsiyasining rivojlanishini tushuntirib bering va bu g‗oyadan qay tarzda bizning jamiyatimizda hamon foydalaniladi? 38 III BOB. FEODAL JAMIYATI VA UNING YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA‟LIMOTLAR 3.1. Arab-islom mutafakkirlari iqtisodiy fikrlari O‗rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ancha to‗g‗ri aks ettirgan iqtisodiy g‗oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o‗sha davr ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan biri eng avvalo, iqtisodiy g‗oya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir. O‗sha davrda xo‗jalik hayotidagi diniy-axloqiy me‘yorlar, ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik tamoyillarning o‗rnatilishiga to‗sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g‗oya, nazariyalarning din ―pardasiga o‗rab‖ berilishiga sabab bo‗lgan. Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to‗g‗ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‗rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi – Qur‟oni Karimda (arabcha – qiroat, ya‘ni o‗qish) keng tarzda o‗z aksini topgan. Islom dinida Qur‘oni Karim Alloh tomonidan payg‗ambarimiz Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling