Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
G„arbiy Yevropadagi iqtisodiy g„oyalar
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225–1274)
3.4. G„arbiy Yevropadagi iqtisodiy g„oyalar
Rim imperiyasi yemirilgandan keyin G‗arbiy Yevropada juda ko‗p feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda o‗sha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy masalalar bo‗yicha o‗rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan. F.Akvinskiyning iqtisodiy g„oyalari. G‗arbiy Yevropadagi ancha ko‗zga ko‗ringan iqtisodiy fikrlar muallifi, deb odatda, Italiya monaxi Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225–1274) tan olinadi. U IV asrning oxiri - V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning nomuqobil dogmatik prinsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi asoschilaridan biri hisoblangan Avgustin Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353–430) muxoliflik qildi va uning g‗oyalarini ijodiy davom ettirdi. V–XI asrlar davomida bu prinsiplarga amal qilib kelindi. Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin dastlabki va keyingi kanonizmning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz. O‗rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar g‗oyasi savdo foydasini va sudxo‗rlik foizini qat‘iy qoraladi. Ular noto‗g‗ri ayirboshlash va birovning mehnatini o‗zlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o‗rnatilgan 43 sharoitdagina ekvivalentli va proporsional ayirboshlash bo‗lishi mumkinligi uqtirildi (―Odil narx‖ – mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari mualliflari antik dunyo qarashlariga xos bo‗lgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli munosabatlarga, ko‗pchilik aholining zarar ko‗rishi hisobiga ayrim shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda operatsiyalari gunohli ish sifatida, umuman man etilgan. Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni va iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo va sudxo‗rlik rivojlana boshlagan, ya‘ni tovar- pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga aylangan O‗rta asrning oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntiruvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza eng avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalarning axloqiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» to‗g‗risidagi qoida ham) bo‗lgan. Bu prinsiplarga keyingi kanonistlar izohlash, aniqlash, qo‗shimcha qilish yo‗li bilan o‗rganilayotgan konkret xo‗jalik hodisalarning va iqtisodiy kategoriyalarning avvalgi tadqiqot ma‘nosini o‗zgartirish va hatto qarama-qarshi ma‘no keltirib chiqarish imkonini beruvchi yana ikkiyoqlama baholash prinsipini qo‗shdi. Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qimmat), pul, savdo foydasi, sudxo‗rlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalarni tadqiq qildi. Ularni quyidagi tartibda ko‗rib chiqamiz. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling