Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Savdo foydasi va sudxo„rlik foizi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar «Odil narx»
Savdo foydasi va sudxo„rlik foizi kanonistlar tomonidan
qoralangan va gunoh, deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli ravishda «aybladi». Uning fikricha agar ular bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan bo‗lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxo‗r tomonidan o‗zlashtirilishi kerak. 45 Boshqacha so‗z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun to‗lanadigan haq bo‗lmog‗i kerak. Tayanch tushunchalar «Odil narx» bu kategoriya kanonistlar ta‘limotida «qiymat» (qimmat), «bozor bahosi» kategoriyalari o‗rnida ishlatilgan. Boylik – Avgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan moddiy ne‘matlar yig‗indisi sifatida, ya‘ni natural shaklda qaralgan. Ayirboshlash –proporsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning xohishi tufayli bo‗ladigan akt sifatida qabul qilingan. Muhokama uchun savollar 1. Ilk iqtisodiy fikrlarning Qadimgi Sharqda kelib chiqishiga sabab nima? 2. «Odil narx» deganda nimani tushunasiz? 3. Qur‘oni Karimdagi asosiy iqtisodiy g‗oyalar nimalardan iborat? 4. Islom dinida qanday iqtisodiy g‗oyalar qo‗llab-quvvatlangan? 46 IV BOB. O„RTA OSIYODA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO„LGAN IQTISODIY G„OYALAR 4.1. «Buyuk ipak yo„li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o„rni Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‗lovchi qadimgi savdo yo‗li - Buyuk ipak yo‗lidir. Bu yo‗l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo‗li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‗l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo‗llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‗rta Yer dengizi mamlakatlari o‗rtasidagi savdo- sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o‗ynagan. Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirg‗oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‗l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‗arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‗nalgan. Karvon yo‗lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‗lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- 47 yil ushbu yo‗nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‗li» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi. Shimoliy yo‗l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg‗ar Dovon (Farg‗ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So‗g‗dning markazi Samarqand va Marg‗iyona (Marv) ga yo‗nalgan. Ipak yo‗li Farg‗ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‗lingan. Janubiy qismi O‗zgandan O‗sh, Quva, Marg‗ilon, Qo‗qon orqali Xo‗jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‗tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo‗lning uzviy bo‗lagi hisoblangan. Bu yo‗l Sharq va G‗arbni turli jabhalarda bog‗lovchi yo‗ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo‗l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. XV-XVI asrlardan bu yo‗lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli bu yo‗lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‗ildi. Xitoy, Qirg‗iziston, O‗zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo‗l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Endi esa moziyga qaytib, O‗rta Osiyoning Buyuk ipak yo‗li o‗rni va eksport potensialiga e‘tiborni qaratamiz. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O‗zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma‘lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‗lgan. Tarixiy va hozirgi ma‘lumotlarga ko‗ra bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‗rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo‗yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa, oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. 48 Shu sababli bilim, ilm makoni bo‗lgan kitob savdo-sotig‗i yetakchi o‗rinni egallagan. Hozirgi davrda ko‗plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorijiy davlati kutubxonalaridan topilmoqda va o‗z vatani O‗zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o‗z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo‗lining asosiy faoliyatidan biri bo‗lgan hamda bu yerdan chetga ko‗plab ilm va san‘at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o‗rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‗dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo‗lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‗rganishgan. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, hajga boruvchilar, harbiy qo‗riqchilar bo‗lgan. Butun yo‗l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o‗tilgan. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling