Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 G„arbiy Yevropadagi iqtisodiy g„oyalar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

3.4. G„arbiy Yevropadagi iqtisodiy g„oyalar 
Rim imperiyasi yemirilgandan keyin G‗arbiy Yevropada juda ko‗p 
feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda o‗sha davrdagi katolik 
cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy 
cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy masalalar bo‗yicha 
o‗rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan. 
 
F.Akvinskiyning iqtisodiy g„oyalari. G‗arbiy Yevropadagi ancha 
ko‗zga ko‗ringan iqtisodiy fikrlar muallifi, deb odatda, Italiya monaxi 
Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225–1274) tan olinadi. U IV asrning oxiri 
- V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning 
nomuqobil dogmatik prinsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi 
asoschilaridan biri hisoblangan Avgustin Blajenniyga (Avliyo 
Avgustin) (353–430) muxoliflik qildi va uning g‗oyalarini ijodiy davom 
ettirdi. V–XI asrlar davomida bu prinsiplarga amal qilib kelindi. 
Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin 
dastlabki va keyingi kanonizmning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rib 
chiqamiz. 
O‗rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki 
kanonistlar g‗oyasi savdo foydasini va sudxo‗rlik foizini qat‘iy qoraladi. 
Ular noto‗g‗ri ayirboshlash va birovning mehnatini o‗zlashtirish natijasi 
sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o‗rnatilgan 


43 
sharoitdagina ekvivalentli va proporsional ayirboshlash bo‗lishi 
mumkinligi uqtirildi (―Odil narx‖ – mehnat va moddiy sarflar bilan 
ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari mualliflari antik 
dunyo qarashlariga xos bo‗lgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli 
munosabatlarga, ko‗pchilik aholining zarar ko‗rishi hisobiga ayrim 
shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, 
ssuda operatsiyalari gunohli ish sifatida, umuman man etilgan. 
Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni 
va iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga 
hunarmandchilik, savdo va sudxo‗rlik rivojlana boshlagan, ya‘ni tovar-
pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga 
aylangan O‗rta asrning oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar 
iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntiruvchi 
«dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa nazarda 
tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza eng 
avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari 
asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy 
kategoriyalarning axloqiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» 
to‗g‗risidagi qoida ham) bo‗lgan. Bu prinsiplarga keyingi kanonistlar 
izohlash, aniqlash, qo‗shimcha qilish yo‗li bilan o‗rganilayotgan konkret 
xo‗jalik hodisalarning va iqtisodiy kategoriyalarning avvalgi tadqiqot 
ma‘nosini o‗zgartirish va hatto qarama-qarshi ma‘no keltirib chiqarish 
imkonini beruvchi yana ikkiyoqlama baholash prinsipini qo‗shdi. 
Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qimmat), pul, savdo 
foydasi, sudxo‗rlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalarni tadqiq 
qildi. Ularni quyidagi tartibda ko‗rib chiqamiz. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling