Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

2.4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar 
Rimning 
yirik 
siyosiy 
arbobi 
va 
yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 
234–149) o‗zining «Dehqonchilik to‗g‗risida» 
asarida qishloq xo‗jaligini xalq xo‗jaligidagi 
asosiy 
tarmoq, 
deb 
hisoblaydi. 
Katon 
dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay 
usulini 
qo‗llashga, 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta 
e‘tibor berdi. U 
faqat 
ortiqcha 
mahsulotni sotish, xo‗jalikda ishlab chiqarish 
mumkin bo‗lmagan narsalarni esa sotib olish 
zarurligi to‗g‗risida fikr yuritdi. Zaytun 
yog‗ini 
eng 
foydali 
mahsulot, 
deb 
hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‗rlar 
faoliyatiga salbiy munosabatda bo‗lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini 
foyda deb bilgan va qiymatni to‗la ravishda 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlariga 
kiritgan. 
Masalan, uningcha, barcha «qiymat o‗zagini» material sarflari, usta va 
yordamchilarga to‗lanadigan haq tashkil etadi. 
Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.av. 116–
27) xalq xo‗jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq 
Mark Portsiy Katon
(m.av. 234–149)
 
Mark Terentsiy Varron
(m.o. 116–27)


35 
hisobladi. U «Qishloq xo‗jaligi to‗g‗risida» degan asarida o‗zining 
iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e‘tibor berib, 
bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi. Bunday xulosa 
qilishning asosiy sababi shundaki, o‗sha davrda Italiyada don arzon 
bo‗lgan, chunki u chet o‗lkalaridan ancha ko‗p miqdorda olib kelinar 
edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo‗lgan. Shu bilan birga Varron 
har bir xo‗jalikning o‗zini o‗zi ta‘minlashi tarafdori bo‗lgan, bozor 
uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga 
esa uncha e‘tibor bermagan.
Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.av. I asr) «Qishloq 
xo‗jaligi to‗g‗risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer 
egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‗rtasidagi ishlab 
chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq 
xo‗jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha qullar yerni yaxshi 
ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‗urmaydilar. 
Kolumella urug‗ni sepishdan boshlab to hosilni yig‗ib olishgacha 
bo‗lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, 
o‗g‗rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning 
miqdorini 
hisob 
daftarida 
noto‗g‗ri 
ko‗rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan 
ko‗ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar 
mehnatining 
afzalligini 
isbotlab 
berdi. 
Qullarning imkon boricha yerni ishlamaslikka 
intilishini ko‗rgan Kolumella, bunday yerlarni 
erkin kolonlarga bo‗lib berish, mayda tovar 
ishlab chiqarishga o‗tish zarurligi to‗g‗risida 
fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, 
Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish 
masalalarini nisbatan to‗g‗ri tushunganligidan dalolat beradi. 
Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga 
bo‗lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‗lida to‗planishi va 
italiyalik ko‗pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‗lishi hisoblanadi. 
Xonavayron bo‗lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.av. 
162-133-y.) va Gay (m.av. 153–121-y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. 
aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 
y.) va Gay (m.o. 153–121 y.) 
Grakxlar
 


36 
Patritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarni hal qilish 
maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun qabul qilishni taklif 
qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning 
haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat 
etilgan. Bundan tashqari bir oila 1000 yugerdan ziyod yerga egalik 
qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo‗lgan va 
yerga muhtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko‗p bo‗lmagan soliq 
to‗lash sharti bilan 30 yugerdan bo‗lib berilgan. 
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va 
natijada o‗n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‗ldilar. Tiberiy 
Grakx ataylab o‗ldirilgandan keyin uning ishini 
ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga yer 
berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik 
kambag‗allarga davlat xazinasidan past bahoda don 
sotish to‗g‗risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning 
islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeyini 
kuchaytirish va aholi kambag‗allashuvining oldini 
olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli 
bo‗ldi va hatto Gay Grakx o‗limidan keyin ham 
konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta‘minlash to‗g‗risidagi qonunni 
bekor qila olmadilar. 
Mark Tulliy Sitseron (m.av.106–43-y.) taniqli davlat arbobi va 
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo‗lib, 
savdo-sotiq rivojlandi, sudxo‗rlik boylik manbayiga aylandi. Qadimgi 
Yunoniston iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda Sitseron yirik savdoni 
qo‗llab-quvvatlab, mayda savdoga esa e‘tibor qaratmadi. Sitseronning 
sudxo‗rlikka bo‗lgan munosabati ziddiyatli bo‗lgan. Bir joyda 
sudxo‗rlikni ma‘qullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Sitseronning 
savdo 
va 
sudxo‗rlikka 
bo‗lgan 
qarashlarida 
Qadimgi 
Rim 
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‗jaligi o‗rtasidagi ziddiyat o‗z aksini 
topgan. 
Sitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlakalarda 
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‗lgan. Dehqonchilikni ancha 
Mark Tulliy Sitseron 
(m.av.106–43-y.)
 


37 
samarali ish turi va u bozorni tovar bilan ta‘minlashda muhim o‗rin 
tutadi, deb hisoblagan. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling