Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiyning mulkchilik to„g„risidagi qarashlari
Abu Nasr Farobiy (870–950) 50 shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‗g‗risida bunday tushuncha o‗sha davrdagi ilg‗or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o‗tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi. Forobiy Platonga o‗xshab ideal tuzum to‗g‗risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‗ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o‗zaro yordam va do‗stlik tufayli bo‗ladigan shaharni ideal shahar, deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‗zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‗g‗risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‗zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‗rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalarni ikkinchi o‗ringa surib qo‗ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‗g‗risidagi talqinida ko‗rinadi, unda adolat o‗rnatish, ommani ma‘rifatli qilish uning asosiy funksiyalaridan, deb e‘tirof etiladi. Forobiyning mulkchilik to„g„risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‗ziga to‗q yashash to‗g‗risidagi ilg‗or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‗plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‗tadi. Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e‘tibor beradi. Uningcha ma‘rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‗ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma‟rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo„lsa, u holda ular qonun o„rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‗rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e‘tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‗g‗ri tasarruf etish, undan unumli 51 foydalanish va mulkni ko‗paytirishga undaydi. Forobiyning ta‘kidlashicha “Mulk orttirishda unchalik xavf yo„q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o„z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. Forobiyning mulkchilik to‗g‗risidagi iqtisodiy fikrlarining to‗g‗ri ekanligini hayotning o‗zi ko‗rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‗payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‗oyalari yana ham faollashib bormoqda. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling