Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari 
Ulug‗ mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan 
ko‗proq asarlari mavjud bo‗lib, ular tibbiyot, 
matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, 
iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‗ishlangan. 
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‗g‗risi-
dagi, mehnat va uning moddiy ishlab 
chiqarishdagi 
roli 
to‗g‗risidagi 
fikrlari 
diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon 
tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa 
tabiat ne‘matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga 
ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o‗zlashtiradi, inson esa o‗z 
mehnati bilan o‗ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu 
maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‗ullanishi kerak. Hayvonlar 
garchi poda bo‗lib yashasalar ham, yolg‗iz yashay oladi, odamlar esa 
yakka holda o‗zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. 
Shuning uchun odamlar muloqot va o‗zaro yordamga muhtoj 
bo‗ladilar». 
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiq qiladi. U 
jamiyat amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb hisobladi. 
«Odamning o„z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo„lgan ehtiyoji, –
deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o„rganishga undaydi». 
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat 
miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‗g‗risida ham fikr yuritadi. 
Uning fikricha davlat tabiiy ofat yoki urush bo‗lish ehtimolini hisobga 
olib, unga mablag‗ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga 
erishishi zarur. 
 
Ibn Sino (980–1037)
 


57 
Ibn Sino ideal davlat to‗g‗risida fikr yuritib, uni quyidagicha 
tavsiflab beradi: 
1) hamma o‗z foydasini ko‗zlab mehnat qilishi kerak; 
2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi 
kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‗allik bo‗lmasin; 
3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug‗ullanishi va halol savdo 
qilishi sababli urushadigan odamlar bo‗lmaydi va urushlar tugatiladi
davlatlar o‗rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‗l bilan hal etiladi; 
4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‗ladi, shuning 
uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‗lmaydilar, quvnoq ashula va 
musiqani yaxshi ko‗radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. 
Ibn Sinoning ideal davlat to‗g‗risidagi qarashlari Platonning 
«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning 
«Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‗g‗risida traktat»ida aytilgan 
fikrlariga ko‗p jihatdan o‗xshab ketadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling