Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Tayanch tushunchalar 
 
Buyuk ipak yo„li- Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, 
Yevropa davlatlarini bog‗lovchi qadimgi savdo yo‗li. 
“Geodeziya”- ―Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun 
joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash‖ nomli astronomiya va 
geografiyaga bag‗ishlangan asar. 
“Nizomulmulk” -ya‘ni mulkning nizomi, tartibi. 
“Qutadg„u bilig” -Qutga, ya‘ni baxt-saodatga erishtiruvchi bilim. 
Muhokama uchun savollar 
 
1. Forobiyning ―moddiy ehtiyojlar‖ to‗g‗risidagi ta‘limotining 
mohiyatini qanday tushunasiz? 
2. Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to‗g‗risidagi g‗oyasining 
mag‗zini chaqing. 
3. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g‗oyasini izohlang. 
 


64 
V BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI 
IQTISODIY G„OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT 
 
5.1. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
Amir 
Temur 
(1336-1405) 
iqtisodiyotni 
boshqarishda 
o‗ziga xos maktab yaratdi. 
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh 
vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon
deyiluvchi boshqarma bo‗lgan. U davlatning 
muhim ishlarini: soliq yig‗ish, tartib saqlashni
ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo‗llar, 
suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. 
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib 
borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to‗g‗riligi, odil baho tekshirib turilgan
qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan. 
Mamlakatda ko‗rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, 
birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‗ir 
ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: 
“Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag„alashishiga 
olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib 
ketishiga sabab bo„ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o„z navbatida
saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko‗rsatib bergan. 
Mamlakatda dehqonchilikka katta e‘tibor berilgan bo‗lib, yerga 
egalik qilish quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lgan: 
1. Suyurg„ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan 
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‗tgan. Suyurg‗ol egasi 
soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer 
solig‗i – xiroj olganlar. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling