Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Amir Temur (1336-1405)
 


65 
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‗lib, ular odamlarga 
biron-bir xizmati uchun berilgan. 
3. Ushr yerlar. Sayid va xo‗jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan 
olingan hosilning o‗ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari 
joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar 
mol-mulki bilan in‘om etiladi. 
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini 
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‗ ko‗kartirsa 
yoxud birorta xarob bo‗lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan 
soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olgan. 
Uchinchi yil xiroj yig‗ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega 
bo‗ladi. 
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona 
(yo‗lovchilar qo‗nib o‗tadigan, kambag‗al yetim-yesirlarga ovqat 
beriladigan joy), g‗aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar 
bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb 
bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko‗p ishlarni qilgan. 
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, 
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan 
mag‗ribgacha bo‗lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur 
bo‗lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon 
yo‗lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem-
xashak, oziq-ovqat, suv bo‗lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq 
jazolangan. Shu narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, chetdan olib 
kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo‗shib sotish mumkin bo‗lgan. Bu 
hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo‗lgan 
talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste‘mol buyumlariga 
bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish imkonini beradi. 


66 
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon 
etilgan bo‗lib, quyida biz ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan g‗oyalar mazkur 
asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent,1991). 
Unda o‗sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat 
bo‗lganligi ko‗rsatilgan: 
1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 
2. Aqlli, donishmand odamlar. 
3. Xudojo‗y kishilar. 
4. No‗yonlar (tuman boshlig‗i), amirlar, mingboshilar, ya‘ni 
harbiylar. 
5. Sipoh va raiyat (soliq to‗lovchi xalq). 
6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. 
7. Vazirlar, sarkotiblar. 
8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, 
munajjimlar, muhandislar (injenerlar). 
9. Hadis olimlari. 
10. Ahli hunar va san‘atchilar. 
11. Kasbu hunar egalari. 
12. Savdogar va sayyohlar. 
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. 
Qo‗shin a‘zolarining maoshi to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar keltirilgan. 
Masalan, oddiy sipoh o‗zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh 
olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‗rt ot bahosigacha maosh olishi, 
o‗nboshi o‗z qaramog‗idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‗p, 
yuzboshi o‗nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. 
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig‗ish va xarj 
(sarf) qilishga alohida e‘tibor berishgan. «Xirojni yig„ish vaqtida, – deb 
uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to„plangan 
molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga 
zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda 
yig„ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi 


67 
vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig„ilgan mollardan sipoh maoshiga 
taqsim qilsinlar». Demak, ko‗rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to‗g‗ri 
yo‗lga qo‗yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug‗oriladigan yerlarda 
jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‗rtdan biriga 
(25 foiz) teng bo‗lgan miqdorda to‗plangan. Bu raqamlar uning hozirgi 
davrdagi daromad solig‗i atrofida bo‗lganligini ko‗rsatib turibdi. 
A.Temur o‗qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho 
bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - 
deyiladi «Tuzuklar»da, chunki bu insonlar mamlakat rivojida 
ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo‗lga olganda 
(1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332–1406) asirga tushib qoladi. 
Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom 
bilan uni qo‗yib yuboradi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling