Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug„bek davridagi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

5.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug„bek davridagi 
iqtisodiy islohotlar 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va 
Ulug‗bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) 
davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, 
qo‗shni 
mamlakatlar 
bilan 
savdo-sotiq 
munosabatlari 
o‗sdi. Bu Movarounnahrda 
(arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 
1428-yilda Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan pul 
islohoti bilan bog‗liq. Jamiyatda pulning 
ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-
qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. 
O‗sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda 
bo‗lib, savdo rivojiga to‗siqlik qilgan. Ulug‗bek yengil vaznda zarb 
etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski 
chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga 
bo‗lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‗zida Buxoro, 
M.Ulug'bek (1394-1449)
 


68 
Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon 
shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni 
zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi 
pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish 
maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat 
Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq 
orasida «fulusi adliya», ya‘ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat 
qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va 
qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini to‗la 
ta‘minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi 
tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‗rta 
asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‗lsa-da, har holda 
Ulug‗bekning 
bunday 
islohoti 
mamlakatda 
hunarmandchilik 
buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‗l ochib berdi. Ayni 
vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida 
«tamg‗a» boji ham birmuncha oshirildi, ya‘ni hozirgi til bilan aytilganda 
proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug‗bek (1394-1449) tarixda ko‗proq davlat arbobi sifatida emas, 
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong‗i 
dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu 
yerda biz Ulug‗bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e‘tibor 
bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida 
qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‗lmasligini hokimlar yaxshi 
tushunishgan. Sug‗orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‗ot, 
navo, chig‗ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‗prik, handoq, 
tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi.
O‗sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan 
chambarchas bog‗liqligi yaxshi ma‘lum edi. Soliq yig‗imi qancha yuqori 
bo‗lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning 
pastligi aholi uchun qulay bo‗lgani bilan, davlatning boshqaruv
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‗g‗ri kelavermaydi. Shularni 


69 
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me‘yorida saqlash va 
uni yig‗ishning ma‘lum adolatli usullarini qo‗llanganlar. Masalan, 
Ulug‗bek hukmronligi davrida g‗alla g‗aram qilinmasdan avval soliq 
to‗plash qat‘iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‗ib olgachgina 
real soliq to‗lash imkoniga ega bo‗ladi. Soliq aniq uch muddatda
dehqon hosili pishishiga qarab bo‗lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig‗ish paytida soliqchilar 
dehqon, chorvador yoki bog‗bonga nisbatan zug‗um o‗tkazmasligi, 
jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi 
zarur qilib qo‗yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‗lgan 
daxlsizligi ta‘minlangan.
Umuman, soliq bo‗yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan 
kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‗rishga soliqchilarning haqqi 
yo‗q 
edi. 
Soliq 
miqdori 
va 
to‗lov 
tartibini 
buzmaslikka, 
suiiste‘mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal 
qilmagan ayrim ma‘murlar jazoga tortilgani ma‘lum.
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, 
Hindiston, Tibet va boshqa ko‗pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib 
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini 
alohida ta‘kidlab o‗tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo‗li» xafvsizligini 
ta‘minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va 
savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta 
mustahkamligiga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, pulning uchta asosiy 
vazifasi mavjud:1) qiymat o‗lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‗arma 
vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo‗lmasa, 
iqtisodiyot pasangisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-
vaqti bilan pul islohotlari o‗tkazib turiladi.


70 
1428-yili Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan islohot katta ijobiy 
ahamiyatga ega bo‗ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. 
Ulug‗bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim 
hissa qo‗shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling