Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
5.4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri 
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483-1530) va uning 
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy masalalarda katta ishlar amalga 
oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma‘lum. 
Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, 
«Mubayyin» kabi to‗plamlarida iqtisodiyotga 
oid ma‘lumotlarga, shu jumladan, soliq 
 
Zahiriddin Muhammad 
Bobur (1483-1530)
 


73 
siyosatiga katta o‗rin berilgan. «Zakot to‗g‗risidagi katta kitob» da esa 
o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildiriladi. 
Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi 
hayotida ro‗y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o‗zgarishlarni tahlil 
qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun 
yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning 
umumiy asoslari bo‗lmish ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va 
tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq bo‗lgan qarashlari bizni 
to‗lqinlantiradi. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda 
Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish 
masalalariga doir alohida asari yoki uning o‗z hukmronligi davrida 
yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‗lmasa ham 
ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha 
xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida 
iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat 
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun 
ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan 
asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o‗laroq u 
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan 
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi. 
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‗rinni 
egallagan. 
Boburning «Mubayyin» asari to‗la ravishda qonunlar va iqtisodiy 
masalalarga bag‗ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» 
ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va 
Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda 
olinadigan soliq ma‘nosida qo‗llaniladi hamda naqd pul va savdo 
yig‗imi shaklida to‗planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish 
obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli 
bo‗lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan 


74 
soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta 
to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan: 
muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq 
bo‗lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‗lgan, ikkinchi esa, soliq 
solinadigan yerning maydoniga bog‗liq ravishda olingan. Yerni 
sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda 
quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‗orishni talab etganligidan 
sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu 
sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar 
sug‗orish davrida chig‗ir qursang, olgan hosilning o‗ndan birining 
yarmini (5%) soliq uchun to‗lashing kerak», ya‘ni sug‗oriladigan 
yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‗g‗ridir. 
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‗imlar tamomila 
islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur‘oni Karim, 
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi 
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, 
ya‘ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‗ylardan soliq (zakot) 
quyidagicha olingan: 40 qo‗ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‗lsa har 100 qo‗ydan bittasi zakot 
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa 
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va 
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‗la bayon qilinadi. Bobur 
savdo-sotiqning xalqlar o‗rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur 
tushunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‗llarda talash, 
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga 
ayovsiz munosabatda bo‗lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‗bek va 
boshqa temuriylar siyosati bilan ma‘lum. O‗sha davrda Bobur 
savdogarlardan olinadigan savdo yig‗imining ham adolatli va xolisona 
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining 


75 
savdo aylanmasidan savdo yig‗imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 
misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga 
nisbatan kamayib borgan, ya‘ni daromad ko‗payishi bilan soliq 
kamaygan va boylik jamg‗aruvchilar uchun o‗ta manfaatli bo‗lgan. 
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‗llash foydadan xoli emas. 
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‗im esa ularning qaysi 
yurtlardan 
kelganligiga 
bog‗liq 
bo‗lgan. 
Agar 
ular 
islom 
mamlakatlaridan kelgan bo‗lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan 
bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‗lmagan 
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu 
mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga 
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab 
chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‗llanib kelindi va 
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir etdi. Bu esa Bobur 
iqtisodiy g‗oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni 
ko‗zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy 
salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‗lgan-bizlarda unga nisbatan 
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi.
Ulug‗ bobokalonimiz, vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‗oyalar 
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi 
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli 
ma‘naviy tayanch bo‗lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy 
dunyoqarashini o‗rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq 
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish 
foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi 
davrida mamlakatga vino keltirish taqiqlangan, ya‘ni iqtisodiyotda 
proteksionizm siyosati qo‗llanilgan. Boburdan keyin uning o‗g‗li 
Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 
1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. 
Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‗tkazdi, 
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‗irlik 


76 
o‗lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‗g‗risida 1601-yil «Akbarnoma» 
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan.
1994-yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono Birbal» 
nomli to‗plamda ko‗rsatilishicha XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII 
asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi 
Bobur an‘analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar 
o‗rtasida birodarlik munosabatlarini o‗rnatish yo‗lida jonbozlik 
ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli amaldor edi. 
Akbar bu dono va zukko hind amaldoriga alohida mehr bilan qarab, uni 
har tomonlama e‘zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish 
sohasida sidqidillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o‗zaro 
suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari 
alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan 
birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil 
qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning 
yechimini topishga harakat qilinadi. «Podshohning besh savoli» 
hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi 
namoyon bo‗ladi. «Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg‗ir yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar 
to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p 
foyda keltiradi. Eng qimmatli gul -paxtaning guli. Undan mato 
to‗qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan 
ulug‗ tish yo‗q. Chunki u yer bag‗rini yoradi, shundan keyin don va 
sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo‗lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‗qdir. 
Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi 
mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga 
ega. Bu borada «Inson qo‗li gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal 
bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -ertaga bog‗ va gulzorlardagi eng 


77 
chiroyli va yaxshi gul bilan o‗zing yetishtirgan mevalardan olib, 
shohning huzuriga borasan.
Shoh bog‗bondan meva va gullarning narxini so‗raganda, u: -
Olampanoh! Biz bu mo‗jizalarni bunyod qilish uchun ko‗p vaqt 
sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so‗raymiz. 
Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal 
quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson 
qo‗li bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, 
men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar 
tabiatnikidan go‗zal bo‗lishi mumkinligini isbotlashga va‘da bergan 
edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog‗bon 
yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy to‗ladingiz, ammo 
tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni qadrlash 
hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal 
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir 
paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa, 
yerga ko‗milgan oltin qanday bo‗lsa shundayligicha turganmish. 
Boylikni olishib, yo‗llarida davom etisharkan, ko‗zlari eski uylariga 
tutash bir kulbada o‗sha paytlarda yashagan munkillagan bir kampirga 
tushibdi. Kampir shu kungacha kunni kun demay odamlarga qo‗l 
tegirmonida donni yanchib berarkan. Ko‗rinishi ham o‗zgarmabdi. 
Avvalgidek qo‗l tegirmonni aylantirib yotganmish. So‗ng ular kampirga 
rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, ko‗mgan boyliklarining 
hammasini in‘om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog‗otda 
o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, shoh Akbar yoshlik 
davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 50 yil o‗tibdi. 
Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko‗rish shartlaridan 
biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi. Hikoyalarning 
ba‘zilari 
o‗sha davrdagi tovar-pul munosabatlari masalalariga 
bag‗ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‗ra Birbal 
Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning 


78 
shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni o‗ziniki qilib 
olmoqchi bo‗lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. 
«Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‗lsa, ularni zarariga 
sotishga rozi bo‗larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‗ldan 
urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat 
tiklanadi.
«Tentaklar ro‗yxati» hikosida shoh Akbarning zotli otlarni sotib 
olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni 
buyurib, 1000 rupiy garov puli bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh 
Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan 
ekanligini so‗ramagan, savdoda xatoga yo‗l qo‗ygan edi. Savdogar esa 
muttahamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda Birbal tovar-pul 
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o‗tadi. Savdolashganda xorij 
savdogar sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, 
savdogarning nomini so‗rash lozimligini ta‘kidlaydi. «Hozir nima 
harakatda» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi er, yana biri 
oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga 
qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‗r 
qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon 
tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob 
shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar 
qanchalik qo‗shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron 
qilishi hammaga ma‘lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz 
stavkasi bilan bog‗liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan 
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi. 
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal 
yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot 
statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh 
saroy yig‗inida har bir mulozimidan: - Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb 
so‗rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob 


79 
beribdi: -O‗tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz 
sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, 
o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib 
qo‗yibdi: - agar Dehlidagi qarg‗alarning soni bittaga ko‗p yoki kam 
chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning 
uchun kechgacha o‗ylab, menga aniq javob ber, - debdi shoh. -Mening 
hisobim to‗ppa-to‗g‗ri, qat‘iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta 
sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim 
qarg‗alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu 
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda 
Birbal birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‗alarni sanab bo‗lmasligini 
ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga 
uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning 
dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo‗ng‗irog‗i» hikoyasida shoh Akbarning juda adolatli 
hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish 
maqsadida, u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib 
qo‗yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham 
qo‗ng‗iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‗ng‗iroq 
ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida qo‗ng‗iroq 
jaranglab qolibdi. Ho‗kiz qo‗ng‗iroq ipini tortgan ekan. Ho‗kiz-
ho‗kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‗ltillab turganmish, xolos. 
Shoh Birbalga «Ho‗kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber», 
debdi. Birbal ho‗kizning yelkasini silab, uning ko‗zlariga tikilibdi. 
Keyin shohga xo‗kizning dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib 
beribdi: «Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi. Quvvatim 
borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi.
Endi bo‗lsa ko‗chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda 
qayerdan ham panoh topaman,-deyapti», debdi. «Ho‗kizning egasi 
topilganidan keyin Birbal savol beribdi: -Nega bog‗lab qo‗ymadingiz? 
Savdogar javob beribdi: -Janob vazir, u menga endi kerak emas. 


80 
Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to‗lagan haqini tiyin-
tiyinigacha oqladi. -Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay 
qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu 
ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib 
haydashsin? - ajablanibdi savdogar.
Bir eslab ko‗rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot 
qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz maxluq 
butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen 
uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham 
achinmayapsan. Xullas, bu ho‗kizni shoh molxonasiga qo‗yib 
yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy haq to‗laysan. 
Savdogar pulni to‗laydigan bo‗libdi. Bu hikoya o‗z davrida va undan 
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan. Xizmatkorlarni 
ishlatib, haqini to‗lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga 
insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling