Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Har bir shaxs o„zi uchun iqtisodchidir Merkantilizm davri har bir shaxs o‗z – o‗zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma – xil bo‗lganligi sababli 1500–1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e‘tibor qaratgan 83 bo‗lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va sentezlab keyingi iqtisodiy g‗oyalarga turtki bo‗la oladigan fikrlarni yarata olmadi Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‗ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G‗arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‗lsa ham, uning asosiy g‗oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‗rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo‗lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo‗lib odatda savdogarlarni qiziqtirgan muammolarga bog‗liq bo‗lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining haqqoniyligiga va alohida munozalarning tahliliy ahamiyatiga shubha bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo‗lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha bo‗lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib 1776 - yilda Adam Smit muallifligidagi ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risidagi tadqiqot ― asariga asos bo‗lib xizmat qildi. 7 Merkantilizm bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo‗lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirilishi davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. Merkantilizm eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. 7 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 61-b. 84 Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab- quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni import qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik ta‘riflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‗rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‗zgardi. Avvalo, natural- xo‗jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‗rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‗p bo‗lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‗batlantirish va jamiyat ishlarini qo‗llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo‗shningni quritsang, go‗yoki millat boy bo‗ladi‖ kabi noto‗g‗ri siyosat ilgari surilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling