Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
«Mahbub-ul-qulub»
(1500-y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o‗rnini ko‗rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko‗paytirishda muhim o‗rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to‗g‗risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo„lini ochuvchidir». Shu bilan birga, u dehqon mehnatini ulug‗lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini quyidagicha tasvirlab berdi: Har ne qilsalar harakat, Xalqqa ham yetar ovqat ham barakat. Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. Uning fikriga ko‗ra kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo‗lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo‗lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo‗shchi va o‗roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga 72 muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha dehqon o‗z mehnati bilan o‗z ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan mahsulot miqdoridan ko‗ra ko‗proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy ne‘matlar bilan ta‘minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning ―qo‗shimcha mahsulot faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi‖ degan fikriga mos tushadi. Navoiy ―qishloq xo‗jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi‖ degan ilg‗or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o‗sha davr, ya‘ni feodalizm rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to‗g‗ri fikr bo‗lib qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir. Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‗lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan savdogarlar, ya‘ni olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‗lgan. Uning fikricha olibsotarlar «o„ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya‘ni xalqni zarari hisobiga foyda ko‗ruvchilardir. Navoiy intellektual mehnatni, ya‘ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur, deb ko‗rsatib berdi va ularni o‗z mas‘uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling