Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Aristotelning iqtisodiy qarashlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Aristotelning iqtisodiy qarashlari 
 
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning 
yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 
384–322) 
hisoblanadi. 
O‗z mamlakatida 
shakllangan natural-xo‗jalik munosabatlarini 
himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri 
boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy 
muammolarga 
chuqurroq 
kirib 
borishga 
muvaffaq bo‗lgan. Uning iqtisodiy masalalar 
bo‗yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va 
«Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‗xshab, ideal 
davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‗ziga xosligi 
shundan iboratki, unda xo‗jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari 
har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi 
nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va 
ehtiyojlarni qondirish usullari to‗g‗risida fikr yuritib, ekonomika va 
xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‗rsatib beradi. 
Aristotel (m.o 384–322)
 


32 
Aristotel nafaqat o‗zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik 
iqtisodiy g‗oyalarni rivojlantirishga qo‗shgan hissasi bilan ham ajralib 
turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‗shgan asosiy hissasi 
tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog‗liq 
munosabatlarni chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning 
ehtiyoji o‗rtacha, lekin odamlarning istaklari cheksizdir. Shundan kelib 
chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish tabiiy, 
cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy 
holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab 
chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun 
amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar 
bozordagi almashuv barter shaklida bo‗lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish 
uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‗zlanmagan. 
Lekin pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan 
qoralangan daromadni olish ekanligi ko‗zda tutiladi. 
Aristotel Platon va ko‗pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy 
faoliyatini kengroq miqyosda o‗rgandi. Aristotel ko‗rsatib o‗tgan 
qiziqarli 
masalalardan 
biri 
shundan 
iboratki, 
yetishmovchilik 
muammosini iste‘molni kamaytirish, odamlarning munosabatini 
o‗zgartirish yo‗li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida 
yotadigan to‗qnashuvlarni bartaraf etib, jamiyatdagi to‗qnashuvlarni 
tugatish orzusida bo‗lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‗oya 
bo‗ldi.
6
Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo‗yicha bu eng avvalo, 
dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo 
bilan band bo‗lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi 
– insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning 
uchun unga davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak. 
Xrematistika bu yirik savdo yo‗li bilan boylik orttirish mahoratidir. 
Aristotelning qayd qilib o‗tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga 
6
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 


33 
erishishning cheki bo‗lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir 
(shu boisdan uning chegarasi yo‗q). Ekonomikadan farqli ravishda, 
xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb 
ko‗rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, 
«ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».
Qadimgi yunon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga 
bo‗lgan bunday munosabati, uning natural xo‗jalik mavqeyida 
bo‗lganligini yaqqol ko‗rsatib turibdi.
Aristotel o‗zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida 
quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‗jalik hayotining eng muhim 
unsurlarini sun‘iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri 
bo‗yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni 
tenglashtirib (taqqoslab) bo‗lmaydi». Shunga ko‗ra xulosa qilinadi: «5 
qo‗ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go‗yoki pul tufayli 
amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi 
pulning o‗zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki 
odamlar o‗rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) 
«iste‘molga yaroqsiz» qilib qo‗yish «bizning ixtiyorimizda». 
Aristotelning 
ekonomika 
va 
xrematistika 
konsepsiyasi 
«kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish 
mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni 
qondirishda asosiy bitim sifatida ko‗riladi va tovarning iste‘mol 
qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish 
imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik 
orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika 
sohasining kategoriyasi, deyishga asos bo‗la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari 
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, 
o‗zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda 
ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‗g‗ridan to‗g‗ri tovar ayirboshlash 
va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki 


34 
shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, 
ya‘ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni 
ko‗payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o‗xshash, 
Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat 
o‗lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini – ekonomika 
sohasiga, pulning foydani ko‗paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa 
xrematistika sohasiga kiritadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling