Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 
 
Qadimgi 
Markaziy 
Osiyo 
xalqlari 
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj 
topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy 
dinlardan biri – Zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham 
isbotlaydi. Olingan ma‘lumotlarda «Avesto» 
kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–
512-y.) bo‗lganligi qayd etiladi. U Markaziy 
Osiyo hududida faoliyat ko‗rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va 
tabiatshunos olim bo‗lgan.  
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi 
uchun kishilarning rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy 
nazar ularning ro‗shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok 
insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‗oyasi bilan sug‗orilgan. Unda 
xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, 


23 
olam to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o‗z 
aksini topgan. «Avesto»da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning 
atrofi okeanlar bilan o‗ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 
mamlakatning nomi ko‗rsatilgan bo‗lib, ulardan to‗qqiztasi (masalan, 
Sug‗diyona, Marg‗iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) 
Markaziy Osiyo hududida joylashgan. 
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana 
bordi. Ko‗chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush 
tarzi o‗rnini o‗troq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi 
shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‗lishi o‗troq yashash turmush 
tarzining afzalliklarini ko‗rsata bordi. Ana shu o‗troqlik turmush tarzining 
odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‗chmanchilikka asoslangan 
turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko‗rsatib berishda «Avesto»ning 
ahamiyati katta.
«Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob 
ish yo‗q…» deyilib, xalq xo‗jaligi sohasida dehqonchilikning muhim 
ahamiyat kasb etishi ko‗rsatib beriladi. «Olam go‗zalligi dehqondan, 
dehqonchilikdan, kimki yerga urug‗ qadabdiki, u odamiylikka iymon 
keltiradi, yagona shu yo‗lgina haqiqat bo‗lib, qolgani sarobdir», –deyiladi 
unda. Qo‗riq va bo‗z yerlarni o‗zlashtirish, uni jamoa o‗rtasida adolatli 
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, 
uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‗paytirishga ham alohida e‘tibor 
berilgan. 
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‗ash, ifloslantirish og‗ir gunoh 
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, 
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi. 
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday 
deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va 
na sog‗lom baquvvat bolalarga ega bo‗ladi… Yomon ovqatlanishdan 
odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‗l-ko‗l bo‗lsa, muqaddas 


24 
so‗zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‗lom avlod 
to‗g‗risida, iqtisodiy va madaniy, ma‘naviy yuksalish o‗rtasida o‗zaro 
bog‗liqlik mavjudligi to‗g‗risida fikr yuritilganligini ko‗ramiz. O‗sha 
davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo 
madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. 
Bu noyob kitobda patriarxal urug‗ jamoasi haqida, uning tugatilishi 
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli 
ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‘naviy hayoti haqida g‗oyat 
muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy 
boyligidir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling