Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Ko„hna Bobil iqtisodiy fikrlari. Qadimgi 
Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil 
bo‗lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul 
munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. 
Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‗proq tovar ayirboshlashga jalb 
qilinagan. Ularning ba‘zilari sudxo‗rlar to‗riga ilinib, xonavayron bo‗ldi 
va qullarga aylandi. To‗la huquqli bo‗lmagan (qaram) kishilar qatlami 
vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq to‗lovchilardan ajralib 
qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. 
Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‗rlardan himoya qilish maqsadida 
(ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini 
 


20 
qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni 
davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu 
vazifalarni qonunchilik yo‗li bilan hal qilishga uringan. Bu borada 
iqtisodiy fikrlar nuqtayi nazaridan Eshnun Podshohi qonunlari (m.av. 
XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.) ancha diqqatga 
sazovordir. 
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat‘iy baho 
o‗rnatishdan boshlanadi: ―1 gur (o‗lchov birligi, ba‘zi ma‘lumotlarda 
300, ba‘zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) 
kumushga.., 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog‗ (sotilishi kerak) 1 
sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba‘zi ma‘lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut 
yog‗i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …‖ va boshqalar ko‗rsatilgan. 
Birinchi paragrafda arpa, yog‗, teri, tuz, mis va boshqalarning 
kumushdagi narxi o‗rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi 
kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo‗lsin); ikkinchi paragrafda har 
xil turdagi yog‗ning arpadagi narxi ko‗rsatilgan. Demak, asosiy 
umumekvivalent sifatida arpa bo‗lgan. Buning ustiga ushbu 
ekvivalentlar o‗rtasida qat‘iy muvofiqlik o‗rnatilgan. Birinchi navbatda, 
arpaning kumushda ifodalangan narxining ko‗rsatilishi tasodifiy emas. 
Qat‘iy narxning o‗rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi 
darajasini, jarima miqdorini, foiz me‘yorini tarbiya uchun to‗lov va 
boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz me‘yori kumushda 20 
% va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, 
Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–VIII asr m.av.) sudxo‗rlik 
foiz me‘yori tez-tez 100 % gacha ko‗tarilib turgan. Eski Bobildagi uncha 
ko‗p bo‗lmagan foiz me‘yori davlatning nafaqat mamlakat xo‗jaligi 
hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining 
ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodiyoti 
Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo‗lgan. Demak, podsho 
qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol 
o‗ynagan.
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo‗yicha 282 
moddani o‗z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda 


21 
xo‗jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa 
diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini 
himoya qilish, ijara, sudxo‗rlik va ishga yollash masalalari ko‗rib 
chiqilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish 
yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni 
surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy e‘tibor saroy, ibodatxona mulkini 
hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, 
harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi 
qonunlarida ularning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki 
soliq to„lovchiga tegishli bo„lgan dala, uy, bog„, – deyiladi qonunda, – 
kumushga sotilishi mumkin emas”. Bundan tashqari, qonunda o‗z 
mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik fuqarolar o‗z 
vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan.
Qonunda sudxo‗rlar zo‗ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham 
mavjud. Hosil kam bo‗lgan paytlarda qarzlarni to‗lash muddatini bir 
yilga cho‗zishga ruxsat berilgan (qo‗shimcha foiz to‗lovisiz). 
Xammurapi qonunlarida sudxo‗rlar o‗z holicha, qarzdorlarning 
ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular 
qat‘iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% ) foiz 
me‘yorini aniq belgilab bergan. 
Xammurapi qonunlarida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda 
bo‗lgani uchun sudxo‗rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo‗l 
bilan ham) ko‗zda tutilgan. Sudxo‗rlikning keng rivojlanishiga to‗sqinlik 
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch 
yil bilan cheklanishidir (to‗rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim 
bo‗lgan). Biroq sudxo‗rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‗lmagan. 
Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash 
vositalari bilan ta‘minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi 
bo‗lmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo‗rga murojaat 
qilishga majbur bo‗lgan. 
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga solishga 
katta e‘tibor berilgan. Uning juda ko‗p turdagi shakllari ko‗rib chiqilgan 


22 
bo‗lib, hatto yollanma mehnat uchun to‗lov miqdori ham aniq qilib 
ko‗rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq 
xo‗jaligini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad 
topishga qarshi kurashish bo‗lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu 
jumladan, yerga bo‗lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning 
xususiy mulkiga ko‗z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy 
jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat 
tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli 
shakllari ko‗zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayonlarga, tovar-pul 
munosabatlari rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga o‗zining 
ijobiy ta‘sirini ko‗rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi boshqa 
mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol o‗ynadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling