Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining predmeti va


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

1.3. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining predmeti va 
o„rganish uslublari 
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida 
o‗rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni 
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol 
o‗ynaydi. 
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani barcha ijtimoiy fanlar, ayniqsa 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖, ―Mikroiqtisodiyot‖, ―Makroiqtisodiyot‖, 
―Siyosatshunoslik‖ fanlari bilan bevosita uzviylikda o‗rganiladi.
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani ayniqsa, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ 
fani bilan chambarchas bog‗liq.
―Iqtisodiyot nazariyasi‖da asosan, eng muhim iqtisodiy 
kategoriyalarning so‗nggi davr uchun tahlili beriladi. ―Iqtisodiy 
ta‘limotlar tarixi‖ fani esa kishilik jamiyati taraqqiyotining turli 
bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‗oya, nazariya va 
ta‘limotlarni, ularning o‗ziga xos xususiyatlarini hamda umumiy 
tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganish orqali insonning ilmiy 
dunyoqarashi 
o‗zgaradi, 
uning 
intellektual 
rivojlanishini 
rag‗batlantiradi va eng qiziqarli mashg‗ulotiga aylanadi. Iqtisodiy 
ta‘limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini 
asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo‗lgan. 
“Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanining o„rganish predmeti – 
iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi
iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari 
va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Iqtisodiy ta‘limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili 
yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning 


15 
barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga 
oladi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‗liq. 
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy 
ta‘limotlar iqtisodiy jarayonlarni to‗g‗ri aks ettirish, ularga faol ta‘sir 
ko‗rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hammaga ma‘lumki, ko‗pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik 
yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib 
kelindi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda 
o‗rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‗tish kerakki, 
iqtisodiy ta‘limotlar tarixi zamonaviylikka yo‗naltirilgan. Bu ko‗rib 
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan 
ifodalanadi. O‗tgan davr iqtisodiy ta‘limotlari tahlili ehtiyojlarni to‗la 
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni 
o‗rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb 
muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan davr iqtisodchilaridan tayyor 
javob topish qiyin, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari 
hozirda va kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish va yangi 
g‗oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi 
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‗tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini 
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fanini o‗rgangach, iqtisodchi 
mutaxassislar eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining obyektiv qonunlari mohiyatini ochib berish, muqobil 
xo‗jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga 
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‗lgan o‗zlarining tadqiqot 
mahoratlarini oshiradilar. 
Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo‗lgan 
fanlarning biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganish bir 
tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish 
maqsadida zarur bo‗lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy 
maktab, oqim va iqtisodiy yo‗nalish vakillarining nazariy meroslarini 


16 
yaqin zamondagi tariximizga xos bo‗lgan noto‗g‗ri talqin qilishdan xoli 
bo‗lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga yana tarixiy iqtisodiy 
bilimlarni egallash uchun ham zarurdir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling