Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Tayanch tushunchalar 
 
Fiziokratlar — jamiyatning boyligi qishloq xo‗jaligida vujudga 
keladi, degan g‗oyani ilgari suradilar.
Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo‗jaligida emas, 
balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini 
isbotlab berdi.
Keynschilik — rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan 
tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi.
Neoliberalizm - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam 
darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish 
lozimligini uqtiradi. 
Monetarizm —iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga 
solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.
Institutsionalizm- tarafdorlari fikriga ko‗ra xo‗jalik yurituvchilar 
o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar 
ta‘sirida vujudga keladi. 
 
Muhokama uchun savollar 
 
1. Nisbiy va absolyut yondashuvlar iqtisodiy ta‘limotlar tarixi 
faniga qanday ta‘sir ko‗rsatgan?
2. Noortodoksal va ortodoksal iqtisodchilarning g‗oyalarini o‗rga-
nish nima sababdan muhim?
3. Pozitiv, normativ va iqtisod san‘ati orasidagi farqni muhokama 
qiling. 
4. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganishning qanday yaxshi taraflari 
mavjud? 
3
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-19-b. 


19 
 
 
 
II-BOB. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA‟LIMOTLARI 
 
2.1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar 
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo‗jalik yuritish 
to‗g‗risida u yoki bu ko‗rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. 
Lekin o‗sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bizning 
davrimizgacha yetib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan avlodlarga, 
asrlardan asrlarga olib o‗tuvchi vosita – yozuv bo‗lmagan. Yozuv 
qachon paydo bo‗lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan 
to‗rt ming yil oldin, o‗sha davrning madaniyat o‗chog‗i hisoblangan 
Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi yunon tarixchilari hozirgi 
Iroqdagi 
Dajla 
va 
Frot 
daryolarining 
oralig‗idagi 
joylarni 
«Mesopotamiya» deb atashgan. 
Bu yunoncha so‗z bo‗lib, «ikki daryo oralig‗i» ma‘nosini bildiradi. 
Dajla va Frot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq 
tomon oqib Fors ko‗rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning 
tuprog‗i unumdor, suvi ko‗p bo‗lib, qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishiga juda qo‗l kelar edi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling