Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neoliberalizm
- Institutsionalizm
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‗oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‗rsatadi. Funksional bog‗lanish g‗oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‗zgarishning ichki kuchlarini ko‗rsatib berishga harakat qilgan 12 hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan. Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko‗rsatishini asoslaydi. Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. 1.1-rasm. Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari Monetarizm – (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. 13 Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‗ra xo‗jalik yurituvchilar o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin. Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‗oya nihoyatda ahamiyatli bo‗lib, bosib o‗tilgan yo‗lni to‗g‗ri baholash va kelajak istiqbolini ko‗zlash haqida fikr yuritishga undaydi. Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy va bosh g‗oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‗llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‗ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‗lgan iqtisodiy g‗oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy manbasi ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan. Yana bir muhim masala ustida to‗xtab o‗tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g‗oyadagi «xato» va «kamchiliklar»lar aniqlanib, yangi g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek avvalgi g‗oyalar tufayli odatda yangi g‗oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‗oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo‗lmaydi. A. Smitning mashhur asarida o‗zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‗rganilgan va yangi g‗oya vujudga kelgan. Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo‗lgan shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P. Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, A.Smit faylasuf |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling