Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- “1000 gul ochilishiga imkon berish”
- Merkantilizm
- Fiziokratlar
1.2. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash
tizimidan foydalanish Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‗oyalar o‗z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‗lib, ular bilan chambarchas bog‗langandir; bu g‗oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‗zgarishda bo‗ladi, agar bu g‗oyalar o‗z maqsadlariga to‗la javob berishni ko‗zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‗zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‗jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A. Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma‘lum bo‗ldi, vaholanki undan avvalgi ko‗pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lmasdan «O‗lik mol» sifatida yotgan. Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‗rishimizdir. Biz murosadan ko‗ra bahsni ko‗proq yaxshi ko‗ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish” 2 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-27-b. 10 yondashuvimizdir, ya‘ni biz kichkina urug‗dan qanday go‗zallik paydo bo‗lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‗oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelgan. Ularning barchasini to‗la o‗rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur. Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni ma‘lum tizimga solish va shu asosida o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ammo o‗tgan davr hodisalari va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma-zo‗raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi. Merkantilizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‗lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‗ladi va ko‗payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‗zidan olingan bo‗lib, «savdogar» ma‘nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi. Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq xo‗jaligida vujudga keladi, degan g‗oyani ilgari suradilar. Bu ta‘limotning asoschisi Fransua Kene (1694-1774) hisoblanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling