Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan, deyiladi. Qur‘oni 
Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‗rsatmalar o‗zining to‗g‗ri va faolligi bilan 
ajralib turadi. 
Qur‘oni Karimdagi asosiy g‗oyalardan biri musulmonlarning 
qardoshligi bo‗lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda 
dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‗lanadi, 
barcha boylik shu asosda paydo bo‗lishi uqtiriladi.
Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo‗rlik 
(sudxo‗rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning 


39 
mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh, deb ko‗rsatiladi. 
Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, 
dehqonchilik, qo‗ychivonlik bilan shug‗ullanish, mehnat qilish zarurligi 
marhamat qilingan.
Qur‘oni Karimdagi iqtisodiy g‗oyalarni bir necha guruhga ajratish 
mumkin. Ulardan biri eng avvalo, halol mehnat, xususan dehqon, 
chorvador, hunarmandlar mehnati ulug‗lanadi, peshona teri bilan 
halollik asosida hayot kechirishga da‘vat etiladi, barcha boylikning 
asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
«Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan 
ko‗rsatmalar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy 
muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo bo„yida tahorat qilsangiz ham 
suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti 
va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, Niso surasida 
(29-oyat) «Mollaringizni o‗rtalarinigizda nohaq (ya‘ni o‗g‗rilik, 
qaroqchilik, sudxo‗rlik, poraxo‗rlik, qimor kabi) yo‗llar bilan yemangiz! 
Balki o‗zaro rizolik bilan bo‗lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo 
qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo‗rlik, poraxo‗rlik kabi illatlar shar‘iy 
jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanadi. 
Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa 
omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad 
qilish ham katta gunoh, deb hisoblanadi.
Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, 
olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta‘kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, 
ammo halollik va to‗g‗rilikka buyuriladi, yolg‗on ishlatish, o‗g‗rilik, 
mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo‗l qo‗yganligi uchun 
qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim 
bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o„zini tuzatsa, albatta olloh 
tavbasini qabul qilar» (39-oyat). 


40 
Alloh Taoloning Qur‘oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni 
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson 
qilish haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‗oyalar hamda 
soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar 
haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan, deb e‘lon qilingan. 
Shuningdek, o‗zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va 
dushmanlikda emas, deyiladi.  

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling