Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Abu Hamid al-G„azzoliyning iqtisodiy fikrlari


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
3.2. Abu Hamid al-G„azzoliyning iqtisodiy fikrlari 
Al-G‗azzoliy (1058-1111-yillar), boshqa arab 
olimlari kabi jamiyatning falsafiy, ijtimoiy va 
iqtisodiy tomonlarini o‗z davrining ustuvor diniy 
e‘tiqodlariga bog‗lagan asarlar yozgan. U o‗rta 
asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat 
egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo 
Tomas Akvinskiyga o‗z ta‘sirini o‗tkazgaligi 
ma‘lum. Uning bozorda ko‗ngilli almashuvlarga bergan ta‘rifi o‗n 
birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bog‗liq munosabatlarni 
muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan.
Dastlabki vaqtlarda bir kishi bug‗doyni ekkan, o‗rgan va yanchgan, 
so‗ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu holat bir oilaning mehnati 
natijasi bo‗lishi mumkin. Al-G‗azzoliy o‗z davrida bitta non mingta yoki 
undan ko‗proq ishchi mehnatining mahsuloti bo‗lishi mumkinligini 
kuzatgan. Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti 
iqtisodiy 
almashinuvga 
olib 
kelinishini 
tushunib, 
barterning 
qiyinchiiklarini yengillashtiradigan pulga bo‗lgan munosabatni ko‗rsata 
olgan. U davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va 
tanga pullarning arzonlashuvi; foiz va sudxo‗rlik; qay tarzda eng yaxshi 
usul bilan soliq solish, jamiyat bo‗ylab soliq yukini yengillashtirish bilan 
bog‗liq iqtisodiy munosabatlarni ham o‗rgandi.
 
(1058-1111 yillar)
 


41 
3.3. Ibn Xaldunning iqtisodiy fikrlari 
Ibn Xaldun (1332-1406-yillar) tomonidan 
ko‗plab ―iqtisodiy‖ masalalar: foyda, taklif, talab, 
narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning 
shakllanishi kabi holatlar chuqur o‗rganilganligi va 
tahlil qilinganligini ko‗rish mumkin. Ayrim 
manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida ilk 
iqtisodiy qarashlar bilan shug‗ullangani qayd 
etiladi, ayrim bahs va munozaralarga ko‗ra bunday 
taniqlilik al-G‗azzoliyga tegishli. Ulardan avval ming yillik davomida 
mashhur bo‗lib kelgan Aristotel va Platon kabi arab faylasuflari 
iqtisodiyotga nisbatan ko‗proq fundamental ahamiyatga ega bo‗lgan 
masalalarni o‗rganish jarayonida iqtisodiy faoliyatning dastlabki 
tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar.
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo‗lyozmada (Qadimgi Misr, 
eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o‗rtasidagi munosabatlar 
to‗g‗risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to‗la shakllanmagan 
bo‗lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali 
yoki oddiy aholidan bo‗lishidan qat‘iy nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misr – Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi 
oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10–6-ming 
yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terichilik, 
ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug‗ullanishgan. Ular orasida 
qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo‗lib, 
ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4-ming yillikda Misr xalqi 
vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka 
o‗tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo‗lishiga 
olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, to‗g‗onlar qurish 
zaruriyati tug‗ilgan, buning uchun esa o‗zaro urushlarda asir tushgan 
qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish 
ro‗y berib, urug‗ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari 


42 
podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlari 
vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‗rtasidagi kurash natijasida shimolda 
Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan 
avvalgi taxminan 3-ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona 
davlat barpo bo‗lgan. Misrning keyingi tarixi 4 ta asosiy davrga 
bo‗linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000–2800), 
Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800–2250), O‗rta 
podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050–1700), Yangi podsholik 
(miloddan avvalgi 1580–1070), So‗nggi (Liviya-Sais va Eron) davr 
(miloddan avvalgi taxminan 1070–332).

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling