Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
 


331 
Tashqi omillar: 
1. 
Jahon 
hamjamiyatining 
geopolitik 
tarkibida 
ijtimoiy 
dunyoqarashda chuqur sifat o‗zgarishlarini amalga oshirish.
2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi.
3. Yagona xalqaro me‘yorlar, qoidalar va andozalarga o‗tilishi bilan 
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi.
4. Sotsialistik, deb atalgan lagerning parchalanishi va ma‘muriy- 
buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 
bo‗yicha G‗arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim 
tanazzuli.
Ichki omillar: 
1. Mustabid tuzim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy 
oqibatlari.
2. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va 
shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3. Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo‗qligi, pirovardida 
esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.
4. Mehnat unumdorligini oshirishdan rag‗batlantirishning pasayishi 
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg‗unlik.
6. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik 
munosabati sifatida pinhoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta‘minlash 
samaradorligining pastligi.
Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va 
xo‗jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi. Natijada quyi bo‗g‗inlarda - xaridor va sotuvchi, 
iste‘molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog‗liqlikni 
ta‘minlashga ma‘muriy rejalashtirishning salbiy ta‘siri.


332 
Korxonalararo 
raqobatning 
yo‗qligi 
tufayli 
samaradorlikka 
moyillikning pastligi.
Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning 
kuchayishi.
Sotsialistik 
xo‗jalik 
yuritishda 
fondlarning 
markazlashgan 
taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko‗proq resurslar taqchilligi namoyon 
bo‗ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish 
qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi.
Korxonalarni pul mablag‗lari bilan ta‘minlashda yagona davlat bank 
tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablag‗lari 
oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining 
mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog‗lanmaganligi.
Davlat byudjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo‗g‗indagi 
xo‗jaliklar daromadiga bog‗liq bo‗lib, uning to‗planishi va taqsimlanishi 
to‗liq markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi 
zahiralardan samarali foydalanishni rag‗batlantirmagan.
Ma‘muriy-buyruqbozlik 
tizimining 
eng 
muhim 
ayanchli 
oqibatlaridan biri - mute shaxs «sovet kishisi» ning shakllanishi 
hisoblanadi. Mazkur shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g‗oyaviy 
kurashlar, chalg‗ituvchi dalillar tuzog‗iga asir qilindi. Taraqqiyparvar 
insoniyat erishgan yutuqlardan bebahra qoldi. Sobiq tizim o‗z iqtisodiy 
g‗oyalarida ish kuchining qayerlardadir tovar sifatida sotilayotganligini 
tanqid qiladi-yu, o‗zidagi inson resurslariga e‘tibor faqat kundalik 
moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor 
etadi. Keyinroq, 1999-yilga kelib, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov bu 
haqda ta‘kidlaganidek: «Shunday ulkan salohiyatga ega bo‗lgan 
mamlakatni kamsitadigan og‗ir ahvolga solib qo‗yib, u qonuniy haqli 
ravishda o‗ziga qarashli bo‗lgan mablag‗ni markazdan dotatsiya sifatida 
so‗rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga 
noinsoniy g‗oya hukmron bo‗lgan mustabid tizim o‗zining bor 
mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif 


333 
tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. 
Ularning milliy va diniy tuyg‗ularini qo‗pol ravishda kamsitar edi. O‗z 
ona tilini, milliy an‘ana va madaniyatini, o‗z tarixini bilmaslik, ko‗plab 
odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o‗zlikni 
anglashga bo‗lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o‗z o‗rnini osonlikcha bo‗shatib bermasligini, uning 
zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‗z ta‘siri iskanjasidan 
chiqarmasligini yetarli darajada tassavvur qilishimiz va hisobga 
olishimiz zarur edi». Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan 
holda 
O‗zbekiston mustaqillik davrida ma‘muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o‗tishni zarur, deb topdi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling