Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 O„tish davri tavsifi va uning milliy xususiyati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

18.2. O„tish davri tavsifi va uning milliy xususiyati 
Ma‘muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari bozor 
munosabatlariga o‗tish zaruriyatini va iqtisodiyotda tub islohotlar 
boshlashni etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan 
voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud 
vaziyat iqtisodiy islohotlarni o‗tkazishga tubdan yangicha yondashuvni 
sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga 
olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko‗proq tayanishni taqozo 
etdi. Bunday mas‘uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov 
tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Aslini olganda gap bozor 
munosabatlariga o‗tishda o‗xshashi bo‗lmagan betakror andozamizni 
ishlab chiqish, o‗z yo‗limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo‗l - 
uch tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy jihatdan yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi 
mohiyatining tavsifi;
qat‘iy markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan 
xo‗jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‗tishning eng muhim 
prinsiplari;


334 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning 
barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashning 
aniq yo‗nalishlari.
Keltirilgan tarkibiy qismlar to‗g‗risida respublikamiz ziyolilari, 
xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator 
asarlarini chop etishdi. O‗tish davri iqtisodiyotining ko‗pchilik 
mamlakatlarga xos bo‗lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o‗tishdagi beqarorlik, 
nomutonosiblik va muvozanatsizliklar;
jamiyat 
iqtisodiy 
rivojlanish 
yo‗llarining 
turli-tuman 
xarakterdaligi;
mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub 
islohotlarning zarurligi;
umumiy o‗tish qonuniyatlari mavjudligidan qat‘iy nazar har bir 
mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning 
nomuvofiqligi, ba‘zi hollarda esa qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega 
bo‗lishi;
jamiyat a‘zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning 
qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik 
bilan yondashishiga qaramay tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va 
taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi va.b.
Tarix tajribasiga ko‗ra madaniylashgan bozor munosabatlariga 
o‗tish davrining davomiyligi bozor iqtisodiga o‗tishning qanday yo‗li, 
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi.
O‗tish davri ko‗hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni 
tashkil etgan bo‗lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‗lgan Osiyo va 
boshqa qit‘a mamlakatlarida bir necha o‗n yildan iborat bo‗ldi. Masalan, 
Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSh-50-100 
yil.


335 
Boshlang‗ich shart-sharoitlarga ko‗ra yondashilgan guruhlash 
mezoniga 
asosan 
tartiblashga 
solinadigan 
bozor 
iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish 
mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:
Uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan 
mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot. 
An‘naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) 
iqtisodiyot 
asosida 
shakllanayotgan 
madaniylashgan 
bozor 
munosabatlari.
Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllana-
yotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat.
Sotsializm g‗oyalarini samarali bozor iqtisodini vujudga keltirish 
bilan qo‗shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning 
xitoycha yo‗li.
Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko‗rsatishicha bozor 
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va 
tekis kechmagan.
Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub maqsadi iqtisodiy 
rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan 
bog‗lashni ko‗zda tutadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotining 
batamom shakllanishi uchun zarur bo‗lgan vazifalar nechog‗lik tez hal 
etilishi o‗tish davri davomiyligini belgilaydi:
1. Birinchi galdagi asosiy vazifa – mulkdorlar sinfi masalasining 
tubdan 
hal 
etilishi, 
boshqacha 
aytganda 
xususiy 
mulkchilik 
yetakchiligidagi ko‗p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi.
2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3. Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya 
muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni) 
rivojlantirish.


336 
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma‘muriy cheklashlar orqali 
boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo‗li bilan boshqarishga, ya‘ni jahonda 
qabul qilingan ma‘rifiy shakllarga o‗tish.
5. Milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish 
masalasini hal etish orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6. Xorijiy sarmoyadorlarning O‗zbekiston bozorida faoliyat 
ko‗rsatishi 
uchun 
kafolat 
va 
imtiyozlar 
va 
rag‗batlantirishni 
kuchaytirish.
7. Korxonalarning xo‗jalik favoliyatiga noo‗rin aralashuvning 
cheklab qo‗yilishi.
8. Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗z faoliyati uchun iqtisodiy 
va moliyaviy mas‘uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini 
oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning milliy xususiyatlari akademiklar 
S.S.G‗ulomov, 
M.Sharifxo‗jayev, 
professorlar 
A.O‗lmasov, 
N.To‗xliyev, Yo.Abdullayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning 
tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan.
Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi 
yondashuvlarda 
ayrim 
farqlar 
ham 
mavjud. 
Masalan, 
prof. 
A.A.Razzoqov bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd 
etadi. Bular:
– yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda);
– ma‘muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik, deb 
atalgan mamlakatlarda);
– boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan 
yetakchi mamlakatlarda).
Ayni paytda prof. A.O‗lmasov ta‘kidlashicha «Tarixan bozor 
iqtisodiyotining 2 turi bo‗lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor 
iqtisodiyoti».


337 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling