2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR » KAFEDRASI
INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
USLUBIY QO‘LLANMA
Bilim sohasi:
200000 - Ijtimoiy soha,
iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000 – Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishlari:
5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit
5230100 - Iqtisodiyot
5232800 - Elektron tijorat
5232400 – Iqtisodiy
xavfsizlik
5231200 – Sug’urta ishi
5230700 – Bank ishi
5230600 – Moliya
ТOSHKENT 2022
3
Amaliyot mashg’ulotlariga mo’ljallangan vaziyatli masalalar to’plamining
shakl va mazmuni
“Investitsiya va innovatsiyalar” fani bo’yicha talabaning amaliyot
mashg’ulotlariga mo’ljallangan vaziyatli masalalar to’plami shu fanni o’rganish
jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la
ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini
tinglaydilar, mashq va topshiriqlar bajaradilar. Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib
referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor-o’qituvchi
tomonidan
berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari 5 baholik
tizim asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik
va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish
yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va
ilmiy
izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda
ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil
ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
“Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan amaliyot mashg’ulotlariga
mo’ljallangan muammoli vaziyatlarga oid masalalar to’plamining
majmuasi
fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida
shakllantirilgan.
Amaliy mashg’ulot talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib,
Investitsiyaga doir moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarini o’rganishda fanning
biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda talabalar
auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda bajaradi. Mustaqil
ishni
bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini yanada
mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
4
Amaliy mashg’ulotni tashkil etishning mazmuni: talabalar amaliy ishlari
mavzularini kelgusida bajariladigan kurs ishlari va
bitiruv malakaviy ishlari
mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.