Toshkent moliya instituti sh. Shayakubov, B. Ochilov


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana25.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1230229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Muammoli vaziyatlarga oid masalalar to’plami Investitsiya 2022




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
SH.SHAYAKUBOV, B.OCHILOV 
 
 
“INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR”
FANIDAN 
USLUBIY QO’LLANMA 
 
АMALIY MASHG’ULOTLARNI (VAZIYATLI MASALALARNI 
YECHISH SHAKLIDA) TASHKIL ETISH BO’YICHA 
(OLIY TA’LIM TALABALARI UCHUN)
 
 
 
 
TOSHKENT-2022 



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
«BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR » KAFEDRASI
INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR 
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
USLUBIY QO‘LLANMA 
Bilim sohasi: 
200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
Ta’lim sohasi: 

230000 – Iqtisod 


Ta’lim yo‘nalishlari: 
5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit 
 
5230100 - Iqtisodiyot 
 
5232800 - Elektron tijorat 
 
5232400 – Iqtisodiy xavfsizlik 
 
5231200 – Sug’urta ishi 
 
5230700 – Bank ishi 
 
5230600 – Moliya 
 
 
 
ТOSHKENT 2022 



Amaliyot mashg’ulotlariga mo’ljallangan vaziyatli masalalar to’plamining 
shakl va mazmuni 
“Investitsiya va innovatsiyalar” fani bo’yicha talabaning amaliyot 
mashg’ulotlariga mo’ljallangan vaziyatli masalalar to’plami shu fanni o’rganish 
jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la 
ta’minlangan. 
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini 
tinglaydilar, mashq va topshiriqlar bajaradilar. Bundan tashqari ayrim 
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib 
referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor-o’qituvchi tomonidan 
berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari 5 baholik
tizim asosida baholanadi. 
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi 
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish 
yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va 
ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda 
ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar 
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil 
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil 
ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. 
“Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan amaliyot mashg’ulotlariga 
mo’ljallangan muammoli vaziyatlarga oid masalalar to’plamining majmuasi 
fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida 
shakllantirilgan. 
Amaliy mashg’ulot talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, 
Investitsiyaga doir moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarini o’rganishda fanning 
biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda talabalar 
auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda bajaradi. Mustaqil 
ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini yanada 
mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir. 



Amaliy mashg’ulotni tashkil etishning mazmuni: talabalar amaliy ishlari 
mavzularini kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari 
mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling