Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet xalqaro moliya-kredit kafedrasi
Banklar faoliyatining amaliyoti tahlili
Download 455 Kb.
|
Banklar, ularning turlar, asosiy funksiyalari (1)
Banklar faoliyatining amaliyoti tahlili
Bank faoliyati tahlilining asoslari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: • birinchidan – bank balansi ma’lumotlari • ikkinchidan – bank daromadlari va xarajatlari • uchinchidan – bank buxgalteriyasi analitik va sintetik hisob raqamlari ma’lumotlari3 AT “Xalqbanki” quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish AT “Xalqbanki” o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar4: jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish. Mablag’ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish; chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish; pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish; jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish; moliyaviy lizing; mikroqarz berish; xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar. AT “Xalqbanki” tarkibiy tuzilmasiga keladigan bo’lsak, rahbariyatning yuqori kasbiy mahorat darajasi, har qanday tijorat loyihasining turg’un rivojlanishini ta’minlovchi, asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Necha yillardan buyon AT “Xalqbanki” Respublikada yetakchi o’rinlarni egallab turganligi, ko’p hollarda rahbariyat tarkibi va u tomonidan o’tkazilayotgan siyosatga bog’liq. AT “Xalqbanki” rahbariyatini boshqaruv va moliya sohasida boy ish tajribasiga ega kishilar tashkil etishadi. Ularning ko’pchiligi yurtimizning nufuzli universitetlari va biznes maktablarida tahsil olishgan AT “Xalqbanki” boshqaruvi to’g’ridan to’g’ri bank raisiga tegishli. Quyidagilar to’g’ridan to’g’ri bank raisiga bo’ysunadi: kredit qo’mitalari moliya qo’mitalari xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlash qo’mitasi (HR-qo’mitasi) bank boshqaruv aparati yuridik xizmatlar departamenti kadrlar siyosati va xodimlar bilan ishlash departamenti xalqaro hamkorlik departamenti marketing departamenti ma’muriy department yakuniy nazorat departamenti 1-rasm. AT “Xalqbanki” bosh ofisining tashkiliy tuzilmasi5 Faoliyati maqsadiga erishish uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: depozitlarning o‘ziga jalb qiluvchi turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qiladi hamda jamlaydi; ularning o‘z vaqtida qaytarilishini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xalqaro standartlargacha yetkazgan holda ularning sifati oshirilishini, yangi turlar va modifikatsiyalarni joriy qilgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilishini ta’minlaydi; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, xarid qilish, saqlash va hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda sotish yo‘li bilan fond bozorida ular bilan operatsiyalar olib boradi; xorijiy mamlakatlar va MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar banklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatadi; bank aktivlaridan samarali foydalanish, kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida boshqa tijorat banklarini, ixtisoslashtirilgan fondlarni jalb qilgan holda kreditlashning qo‘shma sxemalarini amalga oshirishda qatnashadi; yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish uchun kreditlar va mikrokreditlar beradi; ko‘chmas mulk qurish va ularni tuzatish, aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar transport vositalari, garajlar, mebellar, maishiy texnikalar va boshqa buyumlarni sotib olishi maqsadlari uchun iste’mol krediti tizimini rivojlantiradi; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining qimmatbaho metallari va qimmatbaho toshlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi; lotereyalar chiqarishni va ularni sotishni amalga oshiradi, boshqa yutuqli tadbirlar o‘tkazadi; O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarz oluvchi, garant va kreditorlik funksiyalarini amalga oshirish vazifalarini topshirgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi, garant va kreditor bo‘lib ish ko‘radi; jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatadi, uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlarni amalga oshiradi; amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa xil bank faoliyatini olib boradi. Har bir bank o’z ustavini ishlab chiqadi va shu ustavga asosan ish ko’radi. “Bank va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 14-moddasiga binoan: Bank o’z ustavi asosida faoliyat ko’rsatadi; Bank ustavida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: Bankning to’liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda electron pochta manzili; Ustav kapitalining miqdori; Ustav kapitalini ko’paytirish va kamaytirish tartibi; Chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati; Sof foydani taqsimlash, shuningdek, zararlarning o’rnini qoplash tartibi; Zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; Bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, ushbu qonunga muvofiqlikni ta’minlash uchun bank tomonidan so’rab olinadigan axborotni taqdim etish mjburiyatlari; Bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi ma’lumotlar; Aksiyadorlar o’rtasida manfaatlar to’qnashuvini oldini olish choralari; Bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari; Bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; Bankning ustavida ushbu moddada begilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo’lishi kerak; Bankning ustavi, unga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Bankning ichki qoidalari, shuningdek, ularga kiritiladigan keying o’zgarish hamda qo’shimchalar banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy Bankka taqdim etilishi kerak; Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tug’ilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berishga yo’l qo‘yiladi. Bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda 2019 – yil 5 – noyabrdagi O’RQ – 580 – sonli O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”6 gi qonuni asosiy o’rin tutadi. Ushbu qonunda, tijorat banklari to’g’risida umumin tushunchalar va sih faoliyatini tartibtibga soluvchi mezonlar aks etgan. Qonunda bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar ko’rsatib o’tilgan. Filiallar va vakolatxonalarlar ochish shartlari ham ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, bankning korporativ boshqaruvi, prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish, banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar hamda sanksiyalar, banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi, banklarni qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida tartib-qoidalar ko’rsatib o’tilgan. To‘lov tizimlari, to‘lov xizmatlari bozori, to‘lov tizimlarini va to‘lov xizmatlari bozorini tartibga solish, to‘lov tizimlarining ishlashi ustidan nazoratni va kuzatuvni amalga oshirish, bank kartasi, elektron pullar, to‘lovlarni yakunlash va qaytarish, to‘lov tizimida axborotni va xavfsizlikni himoya qilishni ta’minlash to’g’risidagi barcha to’lov bilan bog’liq tartib-qoidalar 2019-yil 11-oktabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”7gi qonunida bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organ hisoblanib, tijorat banklari bilan valyuta operatsiyalari va valyuta nazoratini 2019 – yil 22 – oktabrdagi O’RQ – 573 – sonli “Valyutani tartibga solish to’g’risida”8gi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonuni asosida ishlaydi. Tijorat banklarining asosiy pul mablag’lari, aktivlari shakllanishida mijozlarning o’z hisob raqamiga qo’ygan omonatlari katta ahamiyat kasb etadi. Mijozlarning bankdagi omonatlarining himoyasini taminlash maqsadida 2004 – yil 5 – aprel sanasida 360 – II sonli “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan. Download 455 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling